Mustaqillikka tengdosh Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi 203-sonli Farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kimyoviy texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida tashkil topdi.
Institut o’tgan davr ichida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga 10 mingdan ziyod yuqori malakali muhandis texnologlar, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mingdan ortiq bakalavr va 30 ga yaqin mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlab berdi.
Shuningdek, kafedra va ilmiy- tadqiqot laboratoriyalarida bajarilgan katta hajmdagi izlanishlar natijalariga ko’ra 40 dan ortiq fan doktorlari va 138 nafar fan nomzodlari tayyorlandi. Institutda tahsil olgan mutaxassislar respublikamizning hamda ayrim MDH davlatlarining ko’plab hukumat tashkilotlarida va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko’rsatib kelyaptilar.
Hozirgi kunda TKTI Respublikamiz oliy talim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli yuqori reyting ko’rsatkichlari bilan oliy o’quv yurtlari orasida munosib etakchi o’rinni egallab turibdi.
TKTIda ta‘lim jarayonida yo‘lga qo‘yilgan bakalavriatura yo‘nalishlari ro‘yxati:
1. |
5111019 |
Kasb ta‘limi: |
1.1. |
5111019 |
Kasb ta‘limi (kimyoviy texnologiya) |
1.2. |
5111030 |
Kasb ta‘limi (oziq-ovqat texnologiyasi) |
2. |
5230200 |
Menejment (tarmoqlar va soxalar bo’yicha) |
3. |
5320300 |
Texnologik mashina va jixozlar (tarmoqlar bo’yicha): |
3.1. |
5320300 |
Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonalari mashina va apparatlari |
3.2. |
5320300 |
Oziq-ovqat sanoati mashina va jixozlari |
3.3. |
5320300 |
Yog’ochsozlik texnologiyasi va yog’ochshunoslik |
3.4. |
5320300 |
Tsellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari |
4. |
5311000 |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv (tarmoqlar bo’yicha) |
5. |
5320400 |
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha): |
5.1. |
5320400 |
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) |
5.2. |
5320400 |
Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) |
5.3. |
5320400 |
Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi |
5.4. |
5320400 |
Kauchuk va rezina kimyoviy texnologiyasi |
5.5. |
5320400 |
Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi |
5.6. |
5320400 |
Kimyoviy materiallar qarshiligi va korroziyadan saqlash |
6. |
5321300 |
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi |
7. |
5320500 |
Biotexnologiya (tarmoqlar bo’yicha) |
8. |
5310900 |
Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha) |
9. |
5321000 |
Oziq-ovqat texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo’yicha): |
9.1. |
5321000 |
Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (maxsulot turlari bo’yicha) |
9.2. |
5321000 |
Oziq-ovqat xavfsizligi |
10. |
5640100 |
Xayot faoliyati xavfsizligi |
11. |
5630100 |
Ekologiya va atrof muxit muxofazasi (tarmoqlar bo’yicha) |