Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi-2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019 o‘quv yiliga O‘zbekiston Respublikasining oliy ta‘lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-3769 sonli Qarorida 2018/2019 yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qabul kvotasi

   2018/2019 o‘quv yilida Toshkent-kimyo texnologiya institutiga Bakalavr ta'lim yo‘nalishlari uchun 685  nafar va Magistratura mutaxassisliklariga 185 nafar maqsadli kadrlar tayyorlash qabul kvotalari ajratildi.

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 5321400- Neft-gaz-kimyo sanoati texnologiyasi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 5A230201-Menejment (mahsulot turlari va tarmoqlar bo‘yicha), 5A321401-Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyasi, 5A640101-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar bo'yicha)  yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar ochildi.

—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3389 sonli qarori e'lon qilindi.

—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726 sonli qarori e'lon qilindi.

—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 sonli qarori e'lon qilindi.

—O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab bo`lgan fuqarolarni oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” №205 sonli qarori e'lon qilindi.

—O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi №393 sonli qarori e'lon qilindi.

—O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi №417 sonli qarori e'lon qilindi.

—Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2018-yil 14-iyundagi “2018-2019 o‘quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1- QK sonli buyrug‘i e‘lon qilindi.

—Ushbu buyruqda qabul jarayonini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha faoliyat turlari va ularga masьul shaxslar, abituriyentlardan hujjat qabul qilish joylari, fakultetlar qabul komissiyalari raislari va mas'ul xodimlari hamda abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish va ularning ma‘lumotlarini elektron bazaga kiritish va hujjatlar bilan ishlovchi barcha texnik xodimlar hamda ularning ma‘suliyatlari qat'iy belgilab berildi.

—Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2018-2019 o‘quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha TADBIRLAR REJASI ishlab chiqildi.