Ilmiy kengash

 Yunusov M

 Ilmiy kengash kotibi: Yunusov Mirjalil  Yusupovich  

Telefon: (8 371) 244-81-19

Elektron manzili: txti_info@mail.ru  

Mirjalil Yusupovich  Yunusov 1950 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

  1967- 1973 yillar D.I.Mendeleev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyasi institutiga o‘qishga kirib  institutnng “Fizika-kimyoviy muxandislik” fakultetini tugatib “Muxandis texnolog” diplomini olgan.

   1974-1986 yillar Toshkent politexnika instituti, “Kimyo texnologiya fakulteti”da kichik ilmiy xodim, ilmiy  va katta ilmiy xodim lavozimlarida ishladi.

   1986-1988 yillar Toshkent politexnika institutini Navoiy shaxridagi filialining “Noorganik va bog‘lovchi materiallar” kafedrasida ishni boshlab shu kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordi.

   1988-1991 yillar Toshkent politexnika instituti kunduzgi bo‘limi doktoranturasini tugatdi.

    1991-1997 yillar davomida Toshkent politexnika instituti “Keramika va shisha kimyoviy texnologiyasi“ kafedrasi dotsenti va professori lavozimlarida ishladi.

        M.Yu.Yunusov 1979 yil Toshkent politexnika instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Melilitning  ayrim shisha va kristall hosilalarini olish, xossalari va qo‘llanishi” mavzusida texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasini , 1992 yil esa Sankt-Peterburg Texnologik universiteti qoshidagi  Kengashda “Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Melilit va diopsidning kristall va shisha xosilalari: hosil qilish, xossalari va qo‘llanishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

      2006 yildan xozirgi vaqtgacha Toshkent kimyo-texnologiya instituti  Kengashi kotibi lavozimida mehnat qilib kelmoqda.

Prof.M.Yu.Yunusov - 1989 yili Bolgariyaning Varna shaxrida o‘tkazilgan AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Latviya, Estoniya va Rossiya davlatlari olimlari ishtirokida o‘tgan “Silikat materiallarni dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro anjumanda o‘z ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 2002 va 2005 yillar AQShda va 2010 yil Latviya davlati Texnika universitetida sohasi bo‘yichi  o‘z malakasini oshirdi. Ishdagi jonbozligi va jamoat ishlaridagi faolligi tufayli 2004 yili  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofatlangan.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti  kengashi Nizomi doirasida bajariladigan ishlar:

 

  • kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini ko‘rib chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan qo‘yilgan masalalarni bajarilishini ko‘rib chiqadi; 
  • xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan  hamkorlikda birlashgan Ilmiy kengashlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi;
  • institutga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar bilan uchrashuv va o‘zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga oid masalalarni muhokama qiladi;
  • fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, shuningdek, institutga biriktirilgan hamda turdosh akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik natijalari, institut qoshidagi akademik litsey bilan ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining, xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmalar bilan aloqalar to‘g‘risida marketing xizmatining hisobotlarini eshitadi;
  • talabalarning yirik malakaviy amaliyotiga yakun yasaydi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi;
  • ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalarini va professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish masalalarini muhokama etadi;
  • xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
  • fakultet va kafedralarni ochish, bekitish, o‘zgartirishga bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
  • marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarni) ochish to‘g‘risida taklif kiritadi;
  • «Oliy o‘quv yurtlari pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom»ga muvofiq kafedra mudiri va professor  lavozimlarini egallash uchun tanlov asosida saylov o‘tkazadi;
  • professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning attestatsiya hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
  • katta ilmiy xodim izlanuvuchi va mustaqil tadqiqotchi va institut ta’limidan keyingi boshqa shakllarga nomzodni tavsiya etadi va katta izlanuvchi ilmiy xodim va mustaqil tadqiqotchilarni doktorlik dissertatsiya mavzusini tasdiqlab beradi;
  • har o‘quv yilida katta izlanuchi ilmiy xodimlarni bajargan ilmiy – tadqiqot ishlari hisobotlarini eshitib, tasdiqlab keyingi o‘quv yiliga o‘tkazishni masalasini muhokamadan o‘tkazib,  shahodatlab beradi;
  • o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda institut qoshida tashkil etilgan tuzilmalarga (jamiyat va kengashlar) oid Nizomlarni muhokama qilib tasdiqlab beradi;
  • nufuzli tanlovlar va grantlarga ishtirok etish uchun nomzodlarni tavsiya etib, ushbu tadbirlarning yakuniy natijalari haqida ma’lumotlar berib boradi va g‘oliblarini taqdirlash masalasini ko‘rib chiqadi;  
  • iqtidorli, a’lochi talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod”, Prezident, Davlat va boshqa jamg‘armalari orqali xorijiy oliy o‘quv yurtlariga malaka oshirishga tavsiya etadi;
  • ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi;
  • ushbu institutning bitiruvchilari safidan nomzodlarni aspiranturaga qabul qilishga tavsiya etadi, shuningdek, institut fakultet-larga bo‘linmagan yoki fakultetda kengash tashkil etilmagan hollarda, aspirantlarning shaxsiy rejalarini va nomzodlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;
  • institut professor-o‘qituvchilari safidan nomzodlarni hukumat, Davlat mukofotlariga, iqtidorli talabalari va aspirantlari safidan nomzodlarni esa atoqli olimlar hamda O‘zR Prezidenti stipendiyalarini olishga tavsiya etadi;
  • fakultet dekanlarining fakultetni tamomlaganlar va aspi-ranturani bitirganlar bilan aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi, kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • “Talabalarni ijtimoiy himoya qilish” doimiy komissiyasi tavsiyasi asosida o‘rnatilgan tartibda institut talabalarni ijtimoiy himoya qilish, hamda ularning ayrimlarini oilaviy moddiy sharoitlari yomonligi sababli o‘qish to‘lov shartnomasi mablag‘larini to‘lay olmayotganliklari va oilaviy sharoitida moddiy qiyinchiligi tufayli to‘lov-shartnoma mablag‘larini institutning homiylar tomonidan berilgan mablag‘lar va nobyudjet mablag‘lari foydalari hisobidan to‘lashni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqadi; 
  • institut talabalari va xodimlarining sog‘liqlarni yaxshilash, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi;
  • tegishli me’yoriy xujjatlar asosida yuqori tekshiruv organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ko‘ra institut moliyaviy-ho‘jalik faoliyatida qo‘yilgan xato va kamchilarni muhokama qilib, chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalarni beradi; 
  • institut rivojlanishining joriy (yillik) istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini eshitadi;
  • oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarining loyihalarini muhokama etadi, institutning malaka oshirish tarmoqlari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
  • Kengash, o‘z ishini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq institut tarkibidagi fakultet, bo‘lim va boshqa tuzilma    rahbarlarining hisobotini eshitadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruqlari, modemogrammalari hamda institut rektori buyruq-lari asosida belgilangan tartibda kengashga kiritiladigan masalalarni ham ko‘rib chiqadi;
  • Kengashning umumiy tartib-qoidalari va vakolatlariga muvofiq kengashning har o‘quv yilida tasdiqlanadigan ish rejasiga kiritilgan boshqa asosiy masalalarni ham ko‘rib chiqadi; 

O‘quv va ilmiy ishlarining barcha masalalari bo‘yicha  kengashning qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallashga o‘tkaziladigan tanlovlar, professor va dotsent ilmiy unvonlarini berishga taqdimnomalar esa yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Kengash qarorlari, institutning rektori tasdiqlanganidan so‘ng, kuchga kiradi.

Kengashning majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar  kengashning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Kengash raisi, muntazam ravishda, ilmiy kengash qarorlari bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etadi va  kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida axborot beradi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 9 dekabr 345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risida”gi va 2007 yil 28 sentyabrdagi TKTI Ilmiy kengashining 1-sonli majlisi qarori bilan tasdiqlangan “TKTI Ilmiy kengashi”  nizomlari.

 

Toshkent kimyo-texnologiya institutining  2017-2018 o‘quv yil  uchun tasdiqlangan Kengash a’zolari  ro‘yxati

                                              

Familiyasi, ismi sharifi va otasining  ismi

Kengash a’zolari  ilmiy unvoni va lavozimi

 

1

Mutalov  Shuxrat

 Axmadjonovich -  rais

Kimyo fanlari doktori, institut rektori

 

2

Yunusov M.Yu.  -   kengash kotibi

Texnika fanlari doktori, professor

 

3

Turobjonov S.M.

Texnika fanlari doktori, professor TDTU rektori

 

4

Abduraxmanov A.Q.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent, «Sanoat iqtisodiyoti  va menejmenti» kafedrasi mudiri

 

5

Axmerov Q.M.

Kimyo fanlari doktori, professor

 

6

Adilov R.I.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i

 

7

Aripova M.X.

Texnika fanlari doktori, professor «Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi» kafedrasi mudiri

 

8

Akmalova G.

Texnika fanlari  nomzodi «Sellyuloza va yog‘ochsozlik  texnologiyasi» kafedrasi mudiri

 

9

Alimbaev S.A.

Yuridik fanlari nomzodi, dotsent «Mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi mudiri

 

10 Alimov I.M.

Dr.Ph.D., PostDoc Associate Warsaw university of Technology

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i

 

11

Boltaboev U.

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  magistratura bo‘limi boshlig‘i

 

12

Djalilov A.T

Kimyo fanlari doktori , akademik Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tekshirish instituti  direktori

 

13

Jalilov A.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

 

14

Akbarova F.M.

Institut 2 bo‘limi boshlig‘i

 

15

Ikromov A.

Kimyo fanlari doktori, professor

 

16

Ismailova L.A.

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent Institut xotin- qizlar kengashi raisi

 

17

Iskenderov A.

Texnika fanlari doktori, dotsent «Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi» fakulteti dekani

 

18

Ismatullaev P.R.

Texnika fanlari doktori, professor

 

19

Ibodullaev A.S.

Texnika fanlari doktori, professor «Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi mudiri

 

20

Magrupov F.A.

Texnika fanlari doktori, professor

 

21

Maqsumova A.S.

Texnika fanlari doktori, professor

 

22

Mirzaqulov X.Ch.

Texnika fanlari doktori, profesor Institut pedogog kadrlarni  qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi direktori

 

23

Muxamedov K.G‘.

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» fakulteti dekani

 

24 Madraimov A.U. TKTI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi direktori  

25

Nigmatjanov S.K.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

 

26

Nurullaev Sh.P.

Kimyo fanlari nomzodi, professor

 

27

Otakuziev T.A.

Texnika fanlari doktori, professor

 

28

Otamuradov S.

Falsafa fanlari doktori, professor

 

29

Raxmonberdiev  G.R.

Texnika fanlari doktori, professor

 

30

Sayfutdinov R.S.

Texnika fanlari doktori, professor, institut o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i

 

31

Sultonxodjaev A.A.

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent moliyaviy-iqtisodiiy  ishlari bo‘yicha prorektor

 

32

Safarov T.T.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

 

33

Turdialiev U.M.

Texnika fanfari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

 

34

                 Pulatov X.L.

Texnika fanlari  nomzodi, dotsent   Yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha  prorektor

 

35

Toshmuxamedov M.S.

Biologiya fanlari doktori, professor

 

36

Teshabaeva E.

Texnika fanlari doktori, dotsent «Yuqori molekulali  birikmalar va plastmassalar texnologiyasi» kafedrasi mudiri

 

37

Tursunov T. T.

Texnika fanlari nomzodi, professor «Sanoat ekologiyasi»   kafedrasi mudiri

 

38

Xamraqulov G‘.

Texnika fanlari doktori, profesor  «Menejment va kasb ta’limi» fakulteti dekani

 

39 Xo'jamshukurov N.A.

Biologiya fanlari doktori, professor, "Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi" fakulteti dekani

 

40

Xudayberdieva A.I.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent «Fizika va elektrotexnika « kafedrasi mudiri

 

41

Xandamov D.

Kimyo fanfari nomzodi, dotsent ichki nazorat va monіtoring bo‘limi boshlig‘i

 

42

Choriev A.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent «Oziq-ovqat xavfsiziligi»  kafedrasi mudiri

 

43

Yunusov O.Q.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti dekani

 

44

Qoraxo‘jaeva M.X.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  Institut  kasaba uyushmasi raisi

 

45

Qoraboev D.T.

Texnika fanlari  nomzodi, dotsent ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

 

46

Normatov Sh

Institut Yoshlar ittifoqi kengashi  boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

 

 

 

 

TKTI  Kengashi  faxriy a’zolari

 

Familiyasi, ismi sharifi

                            

1

Abdurazakova S.X.

T.f.d ,professor

2

Abdurashidov T.R.

T.f.d, professor

3

Tursunxo‘jaev P.

T.f.d., professor

4

Sharipov X.T.

T.f.d, professor

5

Qodirov Y.Q.

T.f.d, professor

6

Mirkomilova M.

K.f.n., professor

 

Kengash raisi                                           Sh.A.Mutalov