Tarmoq markazi direktori: t.f.d., professor Mizaqulov Xolto’ra Chorievich
Tarmoq markazi tarixi: Tarmoq markazi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1999 yil 19 fevraldagi 57-sonli buyrug‘iga asosan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshida “Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash” fakulteti turdosh oliy o‘quv yurtlari pedagog muhandislari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va korxona rahbarlari, muhandis-texnologlari hamda texnik xodimlarining malakasini oshirish maqsadida tashkil qilingan. Markazda 2012 yilgacha respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida malaka oshirish kurslari tashkil etilib, o‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagog kadrlar o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib bordilar. 2012 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-sonli qarori asosida fakultetda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlari malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Markaz faoliyati haqida ma’lumot: Tarmoq markazi asosan 3 yo’nalish bo’yicha faoliyat olib boradi:
- Oliy ta’lim professor-o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog xodimlari va ta’lim ustalarini malakasini oshirish;
- Ta’lim servisi yo’nalishi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4732 sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 242–sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 sentyabrdagi 273-sonli qarori asosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzurida “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” tarmoq markazi tashkil etildi. Joriy yilning 27-avgustida PF-5789-sonli qaroriga ko’ra, oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish maqsadida tarmoq markazida professor-o’qituvchlarning malakasini oshirish borasida kunduzgi va masofaviy o’qitish tizimi tashkil etildi. Hozirgi kunda tarmoq markazi qoshida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyat yuritmoqda:
1. Kimyoviy texnologiya (noorganik mahsulotlar ishlab chiqarish turlari bo‘yicha fanlarini o‘qitishda);
2. Kimyoviy texnologiya (organik mahsulotlar ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);
3. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
4. Oziq-ovqat xavfsizligi
5. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha).
Yuqorida keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha xorijiy davlat universitetlaridan yetakchi professor-o’qituvchilar jalb qilindi. Jumladan, 2018-yilda Janubiy Koreyaning Sogang Universiteti va Ulsan Universitetidan 2 nafar professor, Daniyaning Kopengagen Universitetidan 3 nafar, AQSH dan 2 nafar, Xitoy Xalq Respublikasining Shandun Fanlar Akademiyasidan 1 nafar, Rossiyaning Tashbovitkiy Davlat Universitetidan 1 nafar, Belarusiyaning Mogileskiy Davlat Universiteti va Belorus Davlat Texnologiya Institutidan 2 nafar professor-o’qituvchilar tashrif buyurdilar.
TKTI huzuridagi “PKQT va МО” tarmoq маrkaziga 2019-yil yanvar-iyun oylarida xorijdan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar ro’yxati
№ |
Xorijiy mutaxassisning F.I.SH. |
Xorijiy mutaxassisning ilmiy darajasi, unvoni va mutaxassisligi |
Xorijiy davlat muassasi (markaz) nomi |
Xorijiy davlat nomi |
Seminar mavzusi |
Tashrif buyurgan sana |
1 |
Klimash Yuriy Аleksandrovich |
PhD |
Belarus Davlat Universiteti |
Belorusiya |
Belarus Davlat Universiteti ilmiy faoliyati |
5 fevral |
2 |
Renat Rivgatovich Letfullin |
Professor |
Rouz-Xalman texnologik Universiteti |
AQSH |
Nanotexnologiya |
12 fevral |
3 |
Balling Engelsen |
Professor |
Kopengagen Universiteti |
Daniya |
Oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashning bugungi holati masalalari |
4-6 mart |
4 |
Klavs Martin Sorensen |
Professor |
Kopengagen Universiteti |
Daniya |
Oziq-ovqat tovarlari ekspertizasining zamonaviy usullari |
4-6 mart |
5 |
Bekzod Xakimov |
Professor |
Kopengagen Universiteti |
Daniya |
Oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishining kompaniyalar bilan aloqalari va amaliyotini o’tish texnologiyalari |
4-6 mart |
6 |
Krik Igor Mixaylovich |
Dotsent |
Magilov Davlat Universiteti |
Belorusiya |
Oziq-ovqat texnologiyasida mashina va jihozlar |
24-30 mart |
7 |
Ivanov Aleksandr Vasilevich |
Kafedra muduri, dotsent |
Magilov Davlat Universiteti |
Belorusiya |
Ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy uskunalari |
18-19 aprel |
8 |
Galiya Altinbekovna Risabayeva |
Dotsent |
М. Ovezov nomidagi Qozog’iston Davlat Universiteti |
Qozog’iston |
Oziq-ovqat mahsulotlari biotexnologiyasi |
03.aprel |
9 |
Roza Abdiraxmonovna Abildayeva |
Pedagog |
М. Ovezov nomidagi Qozog’iston Davlat Universiteti |
Qozog’iston |
Oziq-ovqat mahsulotlari biotexnologiyasi |
03.aprel
|
Pedogog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari
Bosh hisobchi: Rabbimov A’zam Sur’atovich
Aloqalar:Tel.: +99894-356-87-87, E-mail:tkti.tm@mail.ru
E-mail:tkti.tm@mail.ru
Qarshieva Nodira Hotamovna
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish bo`limi boshlig`i
Aloqalar:Tel.: +99890-999-38-10, E-mail:nodira_mominova@mail.ru
Ibragimova Nargiza Ermanovna: Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim dasturlari va ilg`or tajribani joriy etish bo`limi o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha uslubchisi
Aloqalar: Tel.:(0-371) 244-79-28, E-mail: tkti.tm@mail.ru
Mamadiyorova Dilnoza Alimovna: Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish bo`limi o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha uslubchisi
Aloqalar: Tel.:(0-371) 244-79-28, E-mail: tkti.tm@mail.ru
Berdiev Husan Uralovich
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish bo`limi o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha uslubchisi
Aloqalar:
Tel.:(0-371) 244-79-28
E-mail: husan_berdiev85mail.ru
Muxandis-dasturchi: Umarov Sherali Anvarjonovich
Aloqalar: Tel.:(0-371) 244-79-28, E-mail sheraliumarov@yahoo.com
G'aznachi: G’ulomxo’jayeva Habibaxon Amirxon qizi
Aloqalar: Tel.: (0-371) 244-79-28, E-mail: tkti.tm@mail.ru