Xorijiy talabalar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida taxsil olayotgan xorijiy talabalar.

Hozirgi kunda Toshkent kimyo-texnologiya institutida 12 nafar xorijiy talabalar bakalavriatura bosqichida tahsil olmoqda. Ular Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston Respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bо‘lib, 6 nafari 1-kurs, 3 nafari 2-kurs, 2 nafari 3-kurs va yana 1 nafari 4-kursda о‘qiydi.

Xorijiy talabalarning 4 nafari “Yoqilg‘i ishlab chiqarish va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti “Neft va neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” yо‘nalishida, 2 nafari “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti “Sanoat ekologiyasi” va “Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar)” yо‘nalishida, 1 nafari “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti “Oziq-ovqat havfsizligi” yо‘nalishida, 1 nafari shu fakultetning “Don va don mahsulotlari texnologiyasi” yо‘nalishida va yana 4 nafari “Gо‘sht - sut mahsulotlari texnologiyasi” yо‘nalishida bakalavriatura bosqichida tahsil olmoqda. 

Хorijiy talabalarimiz bilan fotolavxalar

Xodjibaeva Kamola Baxtiyorovna - Neft va gaz fakulteti  4-bosqich talabasi:

Men bu institutni tanlashda xato qilmadim!

Mening oilamda hamma neft soxasida ishlaydi shuning uchun men ham shu soxani tanladim va Toshkent kimyo-texnologiya institutiga o’qishga kirdim.

Rossiyaning Sibir qattiq sovuqlaridan so’ng, menga O’zbekiston er yuzida Jannat kabi ko’rinadi!

Bu erda ozimni anglash va rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat bor. Neft va neft-gazni qayta ishlash kafedrasida o’z ishini yaxshi biladigan eng yaxshi professor-o’qituvchilar ta’lim beradi.

Institut - mening ikkinchi uyim deb atayman. Institutimizning yana bir afzalligi - talabalar va o’qituvchilar o’rtasidagi munosabat va o’zaro hurmatdir. Har qanday oqituvchi oz shaxsiy vaqtini laboratoriya, kurs va tezislarni bajarishda bizga yordam berishga tayyor. Ishonchim komilki, institutni bitirgach, men o’z soxam bo’yicha mutaxassis sifatida ishga kiraman.

Toshkent o’zining mehmondo’stligi, issiqligi va mo’l-ko’l tabiiy mevalari bilan meni hayratga soldi. Kelajakdagi kasbim nuqtai nazaridan qaralsa, mamlakat faol ravishda gaz ishlab chiqaradi. Jahon miqyosida O’zbekiston istiqbolli rivojlanishga ega bo’lgan keng, betakror neft va gaz konlarining egasi”.

 

 

Reymov Mekan Zakirjanovich 

Yoqilg‘i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi fakulteti, Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yonalishi 2-chi bosqich talabasi.

“Men neft-gazni qayta ishlash texnologiyasini o’rganish maqsadida Turkmaniston Respublikasidan keldim va Toshkent kimyo-texnologiya institutiga o’qishga kirdim

 Hozir men 2-chi kursda oqiyapman, institutda o’rtoqlarim kop va oqish juda qiziqarli.

 

Toshkent menga juda yoqadi, bu juda chiroyli va mexmondo’st shaxar! Toshkentda oqishni rejalashtirgan bo’lsangiz, albatta TKTIga kelin, bu O’zbekistonning eng zo’r instituti!

Ayniqsa soxa boyicha ko’plab otkaziladigan Halqaro anjuman va forumlarga qiziqaman”.  

 

 

Normamatova Rayhona Mashrabjonovna

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti, “Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasining 1-kurs talabasi:

Men kimyo, biologiya va farmatsevtika sohasiga qiziqaman, shuning uchun oqish uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutini tanladim.

Men ushbu institutni tanlaganimdan xursandman – ko’plab yangi narsalarni o’rganadigan ko’plab yangi do’stlarim va qiziqarli izlanishlarim bor.

Men O’zbekistonni, ayniqsa Toshkent poytaxtni juda yaxshi ko’raman. Bu erda doim ko’plab halqaro tadbir, forum va simpoziumlar bo’ladi. O’qish va dam olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud – zamonaviy kutubxonalar, o’quv markazlari, muzeylar, madaniyat markazlari, bog’lar, tibbiy va dam olish markazlari.

Toshkent oilangiz bilan yashash, o’qish va ishlash uchun qulay joy.

 

Toshkent kimyo-texnologiya institutida taxsil olayotgan xorijiy talabalar

OTM to'g'risidagi videorolik hamda broshyuralar