MENEJMENT VA KASB TA`LIMI FAKULTETI

FAKULTET DEKANI

Vapayev Murodjon Dusummatovich

Kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Tel.: 71 273 02 96

E-mail: tkti.mktf@gmail.com

 

 

Menejment va kasb ta’limi fakulteti tarixi

2001-yilda Toshkent kimyo-texnalogiya  instituti  ilmiy kengashi qarori bilan “Menejment va sanoat ekologiyasi”  fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibiga “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti“, “Sanoat ekologiyasi”, “Chet tillari”, “Fizika” va “Matematika”  kafedralari kiritildi.

2002-yilda “Menejment va sanoat ekologiyasi” fakulteti tarkibidagi “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi o‘rniga “Informatika” kafedrasi kiritildi va fakultet “Menejment va axborot texnologiyasi” nomini oldi.

Respublikamiz kimyo, neft va gaz hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari ehtiyojlarini yuqori malakali menejerlar va marketologlar bilan ta’minlash maqsadida, institut ilmiy kengashining 2004-yil aprel oyidagi qarori bilan “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi negizida “Sanoat  menejmenti” va “Sanoat marketingi” kafedralari tashkil etildi. Fakultet tarkibiga “Kasb ta’limi” kafedrasi qo‘shilishi munosabati bilan ushbu fakultet nomi 2004-yil 20-fevraldagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy kengashi qaroriga binoan institutning 2004-yil 15-maydagi 131 - sonli buyrug‘i bilan “Menejment va kasb ta’limi” fakulteti, deb nomlandi.

Fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o'rinbosari vazifasida I.F.Abdulakimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o'rinbosari vasifasida B.Sh.Poyanov, fakultet kasaba uyushmasi raisi M.R.Djumaniyozova faoliyat yuritmoqdalar.

 Fakultet  tarkibida 5 ta kafedra (Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi (SMMX), Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti (SIM), O'zbek tili va professonal ta'lim (O'TPT), Xorijiy tillar va Oliy matematika) bo‘lib shulardan 3 tasi (SMMX, SIM, O'TPT) mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1533-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12- yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   12-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Vazirlikning 2011 yildagi “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlarini yangilash to‘g‘risida”gi 308-sonli buyrug‘iga asosan tegishli  yo‘nalishlar va mutaxassisliklar  bo‘yicha yangi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlandi (1-jadval). Ushbu standartlar asosida tegishli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi hamda o‘quv jarayoniga joriy etildi.

1-jadval

Kafedra

Bakalavriat

Magistratura

K.i.x.i. instituti

1

Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi

5310900 – “Metrologiya, standartlash va mahsulot sifati menejmenti” (kimyo va oziq-ovqat) yo‘nalishi

  • 5A310901 – “Mahsulot xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi” (kimyo va oziq-ovqat) mutaxassisligi,
  • 5A310902 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” (kimyo va oziq-ovqat) mutaxassisligi;
  • 5A310903 – “Mahsulot sifati menejmenti” (kimyo va oziq-ovqat) mutaxassisligi
  • 02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi;
  • 05.02.04-“Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish” ixtisosligi.

2

Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti

5230200 – Menejment (kimyo va oziq-ovqat) yo‘nalishi

5A230201 – Menejment (kimyo va oziq-ovqat sohalari bo‘yicha) mutaxassisligi

 

3

O'zbek tili va professional ta’limi

5111000 – “Kasb ta’limi” (kimyoviy texnologiya) yo‘nalishi

5A111001 – “Kasb ta’limi”  (oziq-ovqat texnologiyasi) mutaxassisligi

 

4 Xorijiy tillar kafedrasi      
5 Oliy matematika      

“MSM” kafedrasida 2013-yili 02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim izlanuvchilar instituti ochildi. Ushbu institut hozirgi kunda tayanch doktorantura va doktoranturaga aylantirildi.

“M va KT” fakulteti iqtidorli talabalar bilan ishlarni faollashtirish maqsadida “SIM” kafedrasida “Yosh menejer”, “SMMX” kafedrasida “Sifat menejmenti”, “O'TPT” kafedrasida  “Yosh pedagog”, “Oliy matematika” kafedrasida “Yosh matematik”, “Xorijiy tillar” kafedrasida esa “Nemis tili”, “Ingliz tili”, “Rus tili”, Talabalar turar joyida “Ingliz tili” va “Rus tili” to‘garaklari tashkil etilgan. O‘quv yilining boshida to‘garaklarning ish rejasi va o‘tiladigan mashg‘ulotlarning dasturi ishlab chiqilgan va mashg‘ulotlarni olib borishga kafedraning yetakchi murabbiylari va o‘qituvchilari jalb qilingan. 

Fakultet professor-o‘qituvchilari yangi ijtimoiy va siyosiy munosabatlar sharoitida mustaqil va har tomonlama kamol topgan yuqori malakali sifat menejeri, metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, menejment, kasb-ta’limi, yoqilg‘i va organik birikmalar ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo va kimyoviy texnologiya, silikat materialar texnologiyasi, kamyob, nodir va tarqoq metallar texnologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarga xalqaro standart talablari asosida ta’lim va tarbiya berishdek ishda faol xizmat qilmoqdalar.