KAFEDRA TARIXI
«Atrof-muhitni muhofaza qilish va oqova suvlarni tozalash» kafedrasi 1980 yil О‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Axmedov K.S. tashabbusi bilan Toshkent Politexnika Institutining “Kimyo-texnologiyasi” fakulteti qoshida tashkil etilgan.
1980 yildan 1991 yilgacha dots.Abduganiyev B.M. ushbu kafedraga mudirlik qilgan. Kafedrada yukori malakali о‘qituvchilar va ilmiy xodimlar k.f.n. dots. Shin L.D., t.f.n., kat.о‘q. Xidoyatov K., kat.о‘q. Kelginbayeva S. V., k.f.n. ass.Niyazova M.M., k.f.n. ass. Aronova N., k.f.n. ass.Adilova K.M., k.f.n. k.i.x. Satayev I.K., k.f.n. k.i.x. Beysenbayev O.K., ilmiy xodimlar Xabibullina N., Muxamedov K.G., Xasanova M.S., Mavlyankariyeva M.A., Usmanxodjayeva I.T. faoliyat kо‘rsatib kelgan.
1988 yildan boshlab esa kafedrada 2513 «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» sohasida malakali mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
Kafedrada 1993-1997 yilgacha quyidagi sohalar bо‘yicha mutaxassislar tayyorlandi:
– Suv resurslaridan oqilona foydalanish va sanoat oqova suvlarini tozalash;
– Sanoat chikindilarini rekuperatsiya qilish.
Kafedra 1993 yilda akad. Mirkomilov T.M. boshchiligida «Sanoat ekologiyasi» nomi bilan yuritila boshlandi.
1996 yil 1 sentabrdan boshlab kafedraga k.f.n., dots.Tursunov T.T. raxbarlik qila boshlagan.
1997 yildan boshlab 5850100 «Atrof muhit muhofazasi» yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar tayyorlanayapti.
1999 yildan boshlab 5A850101 “Atrof-muhit muxofazasi” mutaxassisligi bо‘yicha magistrlar qabul qilina boshlandi.
2020 yildan boshlab Phd dotsent Igitov Farrux Baxtiyorovich raxbarlik qilib kelmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasida chiqindisiz texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sanoat oqova suvlarini tozalash, atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Professor R.А. Nazirova, professor T.T.Tursunovlar ilmiy rahbarliklarida furan birikmalari asosida ion-almashtirgich polimerlarni sintez qilish va ularni qoʼllashning aniq obʼektlarini izlash borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kimyo fanlari doktori X.L.Pulatov, kimyo fanlari doktori, professor Sh.А.Mutalovlar ilmiy rahbarliklarida “Mahalliy xom-ashyolar asosida ion almashinuvchi polimerlar olish va uni atrof muhitni-muhofaza qilish sohasida qoʼllash” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Sanoat oqova suvlarini tozalashga moʼljallangan ion-almashinuvchi polimerlarning asosiy qismi respublikamizga chet davlatlaridan keltiriladi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarhiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. “Sanoat ekologiyasi” kafedrasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida, mahalliy xom-ashyolar asosida ion-almashinuvchi polimerlar olindi. Hozirgi kunda bu polimerlar, chet davlatlaridan keltirilayotgan ion-almashinuvchi polimerlar oʼrniga sanoat oqova suvlarini tozalashda qoʼllanilib, iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda. Kafedrada sintez qilingan polimerlarni “Suvsoz” Davlat unitar korxonasiga qarashli Salar aeratsiya stantsiyasi oqova suvlarini tozalashda qoʼllanilishi natijasida bu korxonaga yillik 106 mln. soʼm iqtisodiy foyda keltirilgan. Ilmiy tadqiqotlar natijasida kafedrada 8 ta fan nomzodi, 4 nafar fan doktorlari oʼz dissertatsiya ishlarini muvaffaqqiyatli himoya qildilar va hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida rahbar lavozimlarida samarali mehnat qilmoqdalar. 2017-2020 yillar davomida kafedra olimlari jamoasining ilmiy izlanishlari natijasida Oʼzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 5 ta ixtiroga davlat patenti olindi. Аtrof muhit-muhofazasiga oid 10 ta darslik, 8 ta oʼquv qoʼllanma, 5 ta monografiyalar chop ettirildi. Kafedrada professor S.R.Sayfutdinov ilmiy rahbarligida “Tsellyuloza sanoatida hosil boʼlayotgan oqova suvlarni tozalash” mavzusida ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yurtimizda barcha sohalar rivoji uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, kafedra jamoasi kelajakda oʼz oldiga katta maqsadlar qoʼygan. Talabalarga bilim berish jarayonida hozirgi kundagi ilm-fan yutuqlaridan foydalanish, fan bilan ishlab chiqarish oʼrtasidagi integratsiyani rivojlantirish, yurtimizda atrof muhit-muhofazasiga doir amalga oshirilayotgan ishlarda oʼz hissamizni qoʼshish eng oliy maqsadimizdir.
О‘QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedrada 5850100 –“Atrof muhit muhofazasi” bakalavriat yо‘nalishi va 5A850101 – “Atrof muhit muhofazasi” magistratura mutahassisligi bо‘yicha Dalvat ta’lim standartlari yaratildi, “Ekologiya”, “Mexnatni muhofaza qilish”, “Fuqaro muhofazasi” kabi umumkasbiy fanlar va bakalavriatura va magistratura barcha mutahassislik fanlaridan namunaviy dasturlar, о‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Oxirgi yillarda kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik, 50 dan ortiq о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar chop etildi.
О‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriatura bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar:
1. Ekologiya;
2. Mehnatni muhofaza qilish;
3. Fuqaro muhofazasi
4. Atrof muhit kimyosi;
5. Suv kimyosi;
6. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi;
7. Monitoring va fizik-kimyoviy tahlil usullari;
8. Sanoat chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi;
9. Sanoatda resurslardan foydalanishni tashkil qilish va uning iqtisodi;
10. Tozalash inshootlarining jihozlari
Magistratura bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar:
1. Ilmiy tadqiqot usullari va ularning tahlili;
2. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish;
3. Korxonalarni loyihalashda texnika havfsizligi asoslari;
4. Mintaqaviy ekologik muammolar;
5. Atrof muhitni muhofaza qilishning xuquqiy asoslari;
6. Toksikologiya asoslari;
7. Sanoat tarmoqlarida atrof muhit muhofazasi;
8. Sanoat korxonalarida suvning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish;
9. Loyixalash asoslari va ekologik ekspertiza.
Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari:
Kafedri О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Tabitni muhofaza qilish qо‘mitasi, “Foton” OAJ, “О‘zelektroapparat-elektroshit” OAJ, “Maksam-Chirchiq” OAJ, “Qо‘ng‘irot soda zavodi” UK, “Shurtangaz kimyo majmuasi”, “Shurtanneftegaz” USHK bilan aloqa о‘rnatgan.
Shu bilan birga kafedra D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya fanlar akademiyasining Yuqori molekulyar birikmalar instituti va boshqalar.
Kafedra mudiri:
Igitov Farruh Baxtiyarovich
PhD Dotsent
Qabul kunlari: seshanba va payshanba kunlari soat 14:00-15:00
Elektron adres: farruhigitov@gmail.com
Kafedrada faoliyat yuritayotgan Professor-o’qituvchilar ro’yxati