Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi

Kafedra mudiri

Nabiyev Abduraxim Abduxamidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Qabul kunlari: Har kuni 1400-1600

Elektron manzil: nabievabduraxim5@gmail.com

 

 

“Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi umumta’lim kafedralaridan biri bо‘lib, o‘zining ta’lim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari (Mendileyev nomidagi RKTU, QMTTU, Gubkina nomidagi NGI, Lomonosov nomidagi RDU, Xarkov politexnika instituti va boshqalar) va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador usullar asosida olib boradi. Bu esa о‘z navbatida, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari (О‘zRFA UNKI, A.Sultanov nomidagi KFITI) va ishlab chiqarish korxonalari (Toshkent chinni zavodi, Muborak GQIZ, Shо‘rtan GQIZ, Qо‘ng‘irot SZ va boshqalar) bilan uzviy munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi.

Kadrlar tayyorlash

Kafedra barcha ta’lim yо‘nalishlariga “Umumiy va noorganik kimyo”, 5310900–Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, 5311000–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5320300–Texnologik mashinalar va jihozlar, 5320400–Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bо‘yicha), 5320500–Biotexnologiya, 5310100 – Energetika, 5321000–Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bо‘yicha), 5322400 – Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya kosmetika mahsulotlari texnologiyasi, 5322500 – Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi, 5322700 – Konservalash texnologiyasi, 5322800 – Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi, 5321300–Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi, 5321400 – Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi, 5322200 – Gazlarni chuqur qayta ishlash texnologiyasi, 5630100–Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining 2 kurs talabalariga “Analitik kimyo” va “Fizikaviy kimyo”, 3 kurs talabalariga “Kolloid kimyo” fanlaridan о‘quv mashg‘ulotlar olib boriladi.

Ilmiy yo’nalishlar

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari kimyo texnologiya, qurilish materiallari, neft-gaz, qog‘oz sanoati va boshqa turdosh ishlab chiqarish korxonalarining muammolarini fizik-kimyoviy, kolloid-kimyoviy asoslarini о‘rganib yechimini topishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida (Muborak GQIZ, SHо‘rtan GQIZ, Qо‘ng‘irot SZ va boshqalar) sinovlardan о‘tkazilib amaliyotda qо‘llanishi tashkil qilindi. Kafedrada 1-2-3-kurs talabalari tahsil olishiga qaramasdan, о‘quv yili boshida iqtidorli talabalar “Akademiklar H.R.Rustamov, K.S.Axmedov” nomidagi tо‘garaklarga tanlab olinadi, kafedra professor- о‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, internetdan kimyoga bag‘ishlangan yangi ma’lumotlar asosida sharhlar tayyorlab anjumanlarda ma’ruza qilish hamda Respublika Oliy о‘quv yurtlari talabalari orasida Respublika Olimpiadasida qatnashishga tayyorlash ishlarini olib boriladi.

Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan grant va boshqa ITI.

Kafedra professori R.A.Nazirova rahbarligida “Получение, исследование и изыскание конкретных объектов практического применения новых ионообменных полимеров на основе отходов химических производств и вторичного продукта гидролизной промышленности республики фурфурола”, professor Ismoilov N.P. raxbarligida O’rta Osiyoning 4 ta Republikasi bo’yicha NATO ning “Otsenka transgranichnogo zagryazneniya vodi Tsentralnoy Azii (proekt Sirdarya)» mavzusida 137 ming evro miqdordagi halqaro grant, kafedra mudiri dots. Sh.P.Nurullaev rahbarligida “Sanoat chiqindilari asosida sintez qilingan o’zida kislorod va azot saqlagan birikmalarning absorbent, aktivator, antidetonator va boshqa maqsadlarda ishlatishning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish” mavzusidagi ITI olib borilmoqda. Kafedra assistenti Sh.B.Buxorov o’zining “Синтез, исследование и применение импортозамещающих вспенивателей для флотационного обогащения медно-молибденовых руд” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini 2011 yilda O’zR FAning “UNK” institutida himoya qildi.

Kafedra dotsenti A.S.Sidikov o’zining “Физико-химические и термодинамические свойства растворов целлюлозы и ее водорастворимых ацетосмешанных эфиров” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini 2012 yilda himoya qildi.

Kafedra dotsenti Z.S.Alixonova “Фазовые взаимоотношения и свойства материалов в системе алюмоферросиликатов магния” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini 2012 yilda O’zR FAning “UNK” institutida himoya qildi.

Katta o‘qituvchi PhD M.I. Berdievaning “Kimyo sanoati chiqindilari asosida polikondensatsion turdagi ion almashinish polimerini olish texnologiyasi” mavzusida bajarilayotgan ilmiy doktorlik dissertatsiya ishi yakunlandi va 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligida texnika yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ni 2017 yil 24 iyul kuni himoya qildi.

Kafedra katta o‘qituvchi O.S.Boboqulova ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil tadqiqotchi sifatida t.f.d., professor H.Ch.Mirzaqulov rahbarligida “Karaumbet va Barsakelmes ko‘li xom ashyolarini qayta ishlab magniy oksid, gidroksid va natriy sulfat olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida texnika yo‘nalishi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi tayyorladi va 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha 2018 yil 3 mayda himoya qildi.

Iqtidorlik talabalar bilan ishlash.

Institutni 2-3 kurs talabalarining 30 nafaridan ortig’i kafedrada tashkil etilgan “Akademik H.Rustamov”, “Akademik K.Axmedov” nomli to’garaklarga a’zo bo’lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedradagi laboratoriyada o’z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari to’plamlarda chop etildi.

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari

“Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi xodimlari o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha Respublikamizning ko’plab turdosh yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikda olib boradilar. Jumladan, M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli polimerlar fizikasi va kimyosi, Umumiy va noorganik kimyo, O’simlik moddalari kimyosi, Sank-Peterburg (Rossiya) ning yuqori molekulali birikmalari institutlari, AQSH Oregon universiteti va D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti bilan yaqindan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi

  1. Nabiyev Abduraxim Abduxamidovich, kafedra mudiri
  2. Jalilov Abduxalil, texnika fanlari nomzodi, dotsent
  3. Mamajanov Maxamadadil Mamajanovich, texnika fanlari nomzodi, v.b. dotsent
  4. Nurullayev Shavkat Payziyevich, kimyo fanlari nomzodi, professor
  5. Talipova Habiba Salimovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent
  6. Аlixonova Zuxrixon Saitdxodjayevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent
  7. Safarov Yodgorjon Toyirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  8. Kayumov Jamshid Sayfullayevich, kimyo fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), katta о‘qituvchi
  9. Bobokulova Oygul Soatovna, texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  10. Кurbanova Mohira Abduvahabovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  11. Berdiyeva Malika Ibodulloevna , texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dost.
  12. Ismailova Nafisa Anvarovna, katta o‘qituvchi
  13. Bekmuratova Muxtarama G‘olibovna, katta o‘qituvchi
  14. Raxmatova Nodira Shavkatovna, katta o‘qituvchi
  15. Eshbo‘riyev Tursunali Nasrullaevich, katta o‘qituvchi
  16. Zulyarova Nigora Sharafiddinovna, katta o‘qituvchi
  17. Atamuratova Malohat Shovkatovna, assistent
  18. Ziyoyev Bayoniddin Tojimurodovich, assistent