Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi

 Kafedra mudiri

Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich, t.f.n., dotsent

Qabul kunlari: Har kuni

Elektron adres: Akbar216@mail.ru

Telefon: 244-84-05

 

 

Kafedra tarixi va faoliyati

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Kafedra uchta yo‘nalishdan iborat: yog‘ va moylar texnologiyasi, don va don mahsulotlari texnologiyasi, non, makaron va qandolat mahsulotlari texnologiyasi. Bu yo‘nalishlar dastlab mustaqil kafedralar bo‘lganligi uchun xar biri o‘zining rivojlanish tarixiga ega. 2005 yil sentabr oyida “Don va don mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi "Yog‘ va moylar texnologiyasi" kafedrasi bilan birlashib "Yog‘-moy va don mahsulotlari texnologiyasi" nomi berilgan. 2011 yil sentabr oyida “Qand va bijg‘itish mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi qo‘shilgach “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi nomi berilgan va kafedrada 4 ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlana boshlagan. 2018 yilda “Qand va bijg‘itish mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.

Hozirgi kunda kafedrada 4 ta professor, 12 dotsent, 2 katta o‘qituvchi, 10 assistentlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, laboratoriya mudiri va laborantlar mexnat qilishmoqda.

“Yog‘ va moylar texnologiyasi” yo‘nalishi tarixi:

1940 yilda prof. M.Ye.Elgort tavsiyasi bilan O‘rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida «Organik kimyo va yog‘lar texnologiyasi» kafedrasi ochildi va bu kafedra O‘rta Osiyo Sanoat instituti tarkibiga kiritildi. 1946 yilda kafedra «Organik kimyo» va «Yog‘lar texnologiyasi» nomli mustaqil kafedralarga ajratildi. O‘sha yillari kafedraga prof. Niyozov M.I. rahbarlik qildi. Kafedraning birinchi o‘qituvchilari B.T.Zabramnыy, D.T. Kas, Usmonova Z.U. va Magdamov A.S. edilar.

Kafedraga 1953-1962 yillari hozir UzFAsining akademigi, t.f.d., prof. Glushenkova A.I., 1962-1989 yillari t.f.d. prof. Abduraximov A. mudirlik qilishdi. 1989 yildan 1993 yilgacha dos. Qodirov Y., 1993-1995 yillarda dos. Ilxomjonov P. kafedra mudiri bo‘lishdi. Kafedraga 1995-2010 yillarda t.f.d., prof. Qodirov Y. 2010-2016 yillarda dos. Serkaev Q.P., 2016-2018 yillarda t.f.n. U.K. Abdullaev mudirlik qildi. 2018 yildan boshlab kafedraga dos. A.T. Ro‘ziboev mudirlik qilmoqda.

Kafedrada turli yillarda prof. Mirzakarimov R., dos. Inogamov A., dos. Tursunov M.T., dos. Qodirova Z.X., dos. Abdullaev T., t.f.d. Mirxolikov T.T., t.f.d. Raximjonov M.A., k.f.n. Ergashev M.S. va t.f.n. Sharafuddinov Sh., t.f.d., prof. Ilyasov A.T. lar ishlashgan.

Kafedra «Yog‘ va moylar texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va «Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi» mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi.

Kafedrada 3000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorlangan. Kafedrani tugatgan mutaxassislar Markaziy Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy korxonalarida, loyihalash va ilmiy tadqiqot institutlarida va yuqori Davlat muassasalarida ishlashmoqda. O‘zFAsi akademigi Salimov Z.S., akademiklar Yusupbekov N.R., Glushenkova A.I., Abidova M.F. shular jumlasidandir.

1980 yilda «Yog‘lar texnologiyasi» kafedrasi qoshida «Gossipol» tarmoq ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi. Uni tashkilotchisi prof. Mirzakarimov R.M. bo‘lib, 1990 yilgacha bu laboratoriyaga ilmiy rahbar bo‘lib ishladi. 1990-2006 yillarda laboratoriyaga t.f.d., prof. Ilyasov A.T., 2006-2016 yillarda dos. Serkaev Q.P. mudirlik qildi. Xozirgi kunda dos. Ro‘ziboev A.T. mudirlik qilmokda.

Kafedrada 8 ta fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi, 100 dan ortiq ixtirolar yaratildi 3000 dan ortiq maqolalar chop qilindi.

 

Don va don mahsulotlari texnologiyasi  yo‘nalishi tarixi:

O‘zbekiston Respublikasi «Don tayyorlov Vazirligi» tomonidan 1965 yildan boshlab viloyatlarda juda katta hajmda jadallik bilan un - yorma va omixta yem korxonalari qurila boshlandi. Respublikada shu sohaga muxandislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari bo‘lmaganligi sababli Don tayyorlov Vazirligi vakillari har yili Odessa, Moskva, Barnaul, Orenburg va boshqa o‘quv yurtlaridan 40-50 ga yaqin yosh kadrlarni olib kelar edi. Kelgan yoshlar esa uzog‘i bilan 1 yil ishlab so‘ng esa uz joylariga qaytib ketar edilar. Bu masalani ijobiy xal qilish uchun 1978 yili "Don tayyorlov vazirligi” texnika boshqarmasining boshlig‘i iqtisod fanlari nomzodi P.M.Tursunxo‘jaevni yuboradi va institut raxbariyati "Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" kafedrasini ochib, uni kafedra mudiri kilib tayinlaydi.

Kafedra tashkil topgan vaqtdan boshlab ixtisoslik buyicha 2530 dan ortiq mutaxassislar tayyorlangan, shulardan R.E.Zufarov, Z.Z.Shukurov, N.K. Oyxodjaeva va S.Boboev, D.A. Gafurovalar texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar.

Kafedraga 1995-1996 yillarda prof. M.Raximjonov, 1996-2004 yillarda dos. N.K.Oyxodjaeva, 2004-2005 yillarda dos. t.f.d. T.T.Mirxoliqov mudirlik qilishgan.

SAM_1368

KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT IShLARI

Kafedra professor o‘qituvchilari malakali muxandis-texnologlar tayyorlash bilan bir qatorda katta ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

 

Yog‘-moy texnologiyasi yo‘nalishi:

Paxta, soya va raps moylarini gidrogenlash, paxta chigitini qayta ishlash jarayonida gossipolni zararsizlantirish, paxta moyini tozalash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Toshkent yog‘-moy kombinatida va Qarshi, Koson moy-ekstraksiya zavodlarida sanoatga tadbiq etilgan.

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

  1. O‘zbekiston Respublikasi xududidagi o‘simliklar urug‘laridan moy ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini tadqiqoti.
  2. O‘simlik moylarini tozalash va gidrogenlash jarayonlarini tadqiqoti.
  3. Paxta chigitini kompleks kayta ishlash va chikindilardan samarali foydalanishning ilmiy asoslarini takomillashtirish.
  4. Noan’anaviy moyli urug‘larni samarali va to‘liq qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish

 

Don va don mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi

“Don va don mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishi ilmiy potensiali quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi:

  1. Noan’anaviy xom ashyolar asosida omixta yem mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish
  2. Maxalliy donlarni va donni qayta ishlash korxona jixozlar parametrlarini texnologik jarayonga ta’sirini tadqiq qilish
  3. Funksional mo‘ljallangan non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish
  4. Maxalliy bug‘doy donlarini ultrafiolit nurlari bilan zararsizlantirish
  5. Maxalliy bug‘doy donlaridan navli un olishda texnologik jarayonni takomillashtirish

 

Ushbu ilmiy tadkikot ishlarni bajarishda kafedra xodimlari, aspirantlari va magistrlari jalb qilingan.

SAM_1388

KAFEDRANING ILMIY ALOQALARI

«Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi yog‘lar ilmiy-tadqiqot institutlari bilan, Kuban Davlat texnologiya universiteti, Moskva Davlat oziq-ovqat sanoati universiteti «Yog‘lar texnologiyasi» va «Donni qayta ishlash texnologiyasi» kafedralari bilan, Buxoro yuqori texnologiyalar instituti bilan, O‘zbekiston fanlar akademiyasi tarkibidagi «O‘simlik moddalari kimyosi instituti», «Umumiy va noorganik kimyo instituti», «Bioorganik Kime instituti» bilan, «O‘zpaxtayog‘» AJ, «O‘zdonamhsulot» DAK, «Donmahsulotlari» MChJ, «Yog’ tahlil servis» MChJ, 40 dan ortiq donni qayta ishlovchi va 23 ta yog‘-moy korxonalari va boshqa ko‘plab oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan ilmiy va amaliy hamkorlik qilmoqda. Bu yerda kafedra magistrlari va tadqiqotchilari dissertatsiya mavzulari bo‘yicha xamkorlikda ilmiy-tadkikot ishlari bajarib kelmokda.

 

 

O‘QUV-USLUBIY, MA’NAVIY VA TARBIYAVIY ISHLAR

Kafedra faoliyatida tarbiyaviy ishlarga ham katta e’tibor berilmoqda. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali-tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chikilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustvorligini ta’minlash, umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, talabalar orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib borilmoqda. Kafedra xodimlari har bir guruh talabalari orasida muntazam ravishda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boradilar.

Kafedrada bakalavr va magistr talabalariga 70 dan ortiq fanlar bo‘yicha darslar beriladi. Jumladan:

 

 

YoMT yo‘nalishida:

  1. Ixtisoslikka kirish
  1. Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
  1. Yog‘ va moylar texnologiyasining nazariy asoslari
  1. Yog‘ va moyli xom-ashyolar kimyosi
  1. O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi
  1. Korxona uskuna va jihozlari
  1. O‘simlik moylarini fizik-kimyoviy tadqiqot usullari
  1. Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi
  1. Texnologik va fizik-kimyoviy nazorat
  1. Yog‘larni rafinatsiyalash va katalitik modifikatsiyalash
  1. Yog‘ va moylar kimyosi
  1. Qattiq yog‘lar va yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish texnologiyasi
  1. Yog‘-moy korxonalarini loyihalash asoslari
  1. Yog‘-moy sanoatida qayd va hisobot
  1. Yog‘-moy mahsulotlari ekspertizasi
  1. O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasining maxsus boblari
  1. Oziq-ovqat texnologiyasining maxsus boblari
  1. Yog‘-moy mahsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasi
  1. Umumiy oziq-ovqat texnologiyasi

 

DMT va NMQMT yo‘nalishlarida:

  1. Don va don mahsulotlari tovarshunosligi
  1. Don va don mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasidagi xomashyo va materiallar
  1. Un va yorma va omixta yem korxonalarining uskuna va jihozlari
  1. Non, makaron qandolat mahsulotlari uskuna va jihozlari
  1. Non, makaron, qandolat materiallari texnologiyasi
  1. Donni qayta ishlash korxonalari uskuna va jihozlari
  1. Umumiy oziq-ovkat texnologiyasi
  1. Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi
  1. Un va yorma texnologiyasining ilmiy asoslari
  1. Don biokimyosi
  1. Donni qayta ishlash korxonalari jihozlari
  1. Donni qayta ishlash korxonalarini loyihalash asoslari
  1. Elevator ombor sanoati
  1. Don mahsulotlarini texnokimyoviy nazorati
  1. Ventilyatsiya va pnevmotransport qurilmalari
  1. Donni quritish
  1. Elevator, un, yorma va omixta yem sanoatida standart asoslari
  1. Ilmiy tadqiqot usullari va ularning taxlili
  1. Omixta yem texnologiyasi
  1. Urug‘li donlarga ishlov berish

 

KAFEDRANING PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI:

 

Ta’lim yo‘nalishi nomi

Professor-o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot

F.I.Sh.

Ilmiy darjasi va unvoni

1.

Yog‘ va moylar texnologiyasi

Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich

Qodirov Yo‘ldoshxon Qodirovich

Abduraximov Saidakbar

Ilxomjonov Po‘lat Ilxomjonovich

Yunusov Obidjon Qodirovich

Serkayev Qamar Pardayevich

Abduraximov Axror Anvarovich

Akramova Ra’no Ramziddinovna

Yo'lchiyev Asilbek Baxtiyorbekovich

Hasanov Abbos Hasanovich

Xodjayev Sarvar Faxriddinovich

Fayzullayev Asliddin Zuvaydulloyevich

 

t.f.n., kafedra mudiri

t.f.d., prof.

t.f.d., prof

t.f.n., dos.

t.f.n., dos.

t.f.n., dos.

t.f.d., dotsent

PhD, dotsent

PhD, dotsent

assistent

assistent

assistent

 

 

2

Don va don mahsulotlari texnologiyasi

Non, makaron va qandolat mahsulotlari texnologiyasi

Tursunxodjaev P.M.

Ayxodjaeva Nodira Karimullaevna

Gafurova D.A.

Saidxodjayeva Mamlakat Abdullaevna

Qurbonov Z.S.

Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna

Boltaboev Ulug‘bek Norboevich

Ravshanov Suvonqul Safarovich

Musaev X.

Xojieva Soxiba Nurillaevna

Normatov Anvar Mirzaevich

Maxmudova D.

Muxamadjonov S

Usmanova B.

Miralimova Aziza Isamutdinovna

t.f.d., prof.

t.f.n., dos.

t.f.n., dos.

katta o‘qituvchi

 

assistent

PhD, dotsent

PhD, dotsent

assistent

assistent

assistent

katta o‘qituvchi

assistent

assistent

assistent

assistent