“Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi

 

Kafedra mudiri:

Ibadullayev Axmadjon Sobirovich

texnika fanlari doktori, professor

 

 

    Mazkur kafedrani tashkil topishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Abdulla Sultonov (marhum) ning xizmatlari katta bo‘ldi. A.S. Sultonov kafedrani boshqargan birinchi mudirdir. U kishi kafedrani boshqarish bilan birga, 1964-1974 yillarda O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy tadqiqot instituti (hozirgi A.Sultonov nomidagi O‘zKFITI instituti)da direktor lavozimida ishladi. 1969 yilda, birinchi marta, 17 ta talaba “Asosiy organik va neft-kimyo sintezi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-texnolog darajasini oldi.

1971 yil aprel oyidan boshlab kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, professor O.S.Safayev mudir etib tayinlandi. Kafedrada shu yildan e’tiboran dotsent A.Qodirov, dotsent X.K.Salimova, assistentlar J.Saydaliyev va O.G‘.Azimov o‘qituvchi lavozimida ish boshladilar. O‘zbekistonda neft va gazni qayta ishlash sanoati rivojlanib borishi bois 1985 yildan boshlab kafedrada “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar ham tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1986-1996 yillarda kafedraga kimyo fanlar nomzodi, dotsent A.Q.Qodirov boshchilik qildi.

1996 yildan 1997 yilgacha kafedrada kimyo fanlari nomzodi, dotsent Sh.F.Nurullayev, 1997 yildan 2011 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent D.N.Ismatov, 2011 yildan 2012 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent E.U.Teshabayeva, 2012 yildan 2017 yil may oyigacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent O.E.Ziyadullayev mudirlik qilib kelganlar. 2017 yil may oyidan boshlab kafedraga texnika fanlari doktori, professor Axmadjon Sobirovich Ibadullayev mudirlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kungacha kafedra Respublikaning kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalariga hamda ilmiy tadqiqot institutlari uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassis tayyorlab beryapti.

Bakalavriatura bo‘yicha:

5321300 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi

5321400 – Neft-gaz-kimyo sanoati texnologiyasi yo‘nalishi

Magistratura bo‘yicha

5A321302 – Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi

5A321303Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

5A321401 – Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyasi

 

O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

5321300 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

– neft – gaz kimyosi va fizikasi;

– neft – gazni qayta ishlash texnologiyasi;

– neft – gazni qayta ishlash korxonalari jihozlari va uskunalari;

– neft mahsulotlarini texnik tadqiq qilish;

– neft va gazni qayta ishlashda chiqindisiz texnologiyalar;

– yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi;

– ixtisoslikka kirish.

5321400 – Neft-gaz-kimyo sanoati texnologiyasi

– neft va gaz kimyosi va fizikasi;

– neft va gazni qayta ishlash sanoati texnologiyasi va kimyosi;

– gazdan sun’iy yoqilg‘i olish texnologiyasi;

– neft va gaz kimyo sanoati katalizi.

Magistratura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

5A321302 – Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi

– motor yoqilg‘ilari va moylari texnologiyasi;

– neft – gazni qayta ishlash jihozlari konstruksiyasi, hisobi va ekspluatatsiyasi;

– gaz va gaz kondensatlari kimyosi va texnologiyasi;

– neft kimyosi sintezi texnologiyasi;

– neft mahsulotlarini tadqiq qilishning xromatografik usullari;

– neft va gazni qayta ishlashda kataliz;

– ilmiy tadqiqot usullari va ularning tahlili;

– neft – gazni qayta ishlash korxonalari ekologiyasi.

5A321303Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

– neft – gazni qayta ishlash jihozlari konstruksiyasi, hisobi va loyihalash;

– neft – gazni qayta ishlashdagi katalitik jarayonlari mashina va apparatlari;

– neft va gazni qayta ishlash jarayonlarida montaj va ekpluatatsiya;

– neft va gazni sanoati jarayon va qurilmalari;

– neft – gazni qayta ishlash jarayonlari nazariy asoslari va apparatlari;

– neft – gazni qayta ishlashda chiqindilarni tozalash jarayonlari va qurilmalari;

– neft va gaz mahsulotlarini saqlash, transpartirovka qilish, jihozlarni ishlatish;

– neft – gazni qayta ishlash korxonalari ekologiyasi.

5A321401 – Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyasi

– asosiy organik sintez mahsulotlari kimyosi va texnologiyasi;

– gaz va gaz kondensatlaridan yarim mahsulot olish texnologiyalari;

– neft-gaz kimyoviy sanoati jihozlarining konstruksiyalari, hisobi va ularni loyihalash;

– neft va gazni qayta ishlash apparatlarini korroziyadan saqlash;

– neft va gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi;

– neft-gaz sanoati mahsulotlarini saqlash, tashish qurilmalari va apparatlari.

ILMIY YO‘NALIShLAR

1. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash
II-IV kurs talabalari va I-II kurs magistrantlari orasidan bir qator talabalar kafedrada tashkil etilgan “Neft va gaz kimyogarlari” to‘garagiga a’zodirlar. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedra laboratoriyasida o‘z ilmiy ishlarini olib bormoqdalar. Olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashadilar, ilmiy maqolalari to‘plamlarda chop etiladi.

Описание: C:\Users\ARM1-10\Desktop\Lab. rasmlar 2018\20180911_105742.jpg

 

2. Ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

Описание: C:\Users\ARM1-10\Desktop\Lab. rasmlar 2018\20180911_105006.jpgKafedrada asosan neft va tabiiy gazning tarkibi, ularning kimyosi va fizikasi neft va gazni qayta ishlashdagi texnologik jarayonlar, ularni boshqarish, nazorat qilish, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda boradigan qo‘shimcha reaksiyalar, jarayonlar asosida hosil bo‘ladigan asosiy va oraliq mahsulotlar, ularni ajratib olish, tozalash, ekologik jihatdan toza yangi texnologiyalarni yaratish, neft va gazdan yangi organik birikmalarni sintez qilish usullari va texnologiyasini topish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtisodiy jihatdan arzon texnologiyalarni yaratish ustida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Bundan tashqari, neft, neft mahsulotlari va tabiiy gazni qayta ishlashda qo‘llaniladigan qurilmalar, jihozlar, asbob-uskunalar va loyihalar ustida ko‘plab ilmiy izlanishlar tadqiq qilinmoqda.

 

 

3. Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalarining natijalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan neft va gaz sanoati muammolari, yangi zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari tuzish rejalashtirilmoqda.

4. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi

Hozirgi kunda kafedra professor - o‘qituvchilari: dotsent T.B.To‘rayev va N.A.Igamqulova doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda;

O.Yu.Aripdjanov, L.A.Yusupova, Sh.Sh.Mengliyev va X.Sh.Bo‘tayev nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqdalar.

O‘QUV-USLUBIY IShLAR

Kafedrada 5321300 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi hamda 5321400 – Neft-gaz-kimyo sanoati texnologiyasi bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha va 5A321302 – Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi, 5A321303 – Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari hamda 5A321401 – Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyasi va apparatlari magistratura mutaxassisliklari uchun 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.

KAFEDRANING ILMIY VA AMALIY ALOQALARI

Kafedra bir qancha sanoat ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik o‘rnatgan. Jumladan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi, Jarqo‘rg‘on og‘ir neftni qayta ishlash qo‘shma korxonasi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va Sho‘rtanneftegaz MChJ, Muborak gazni qayta ishlash zavodi hamda O‘zFA Umumiy va noorganik kimyo instituti, A. Sultonov nomidagi O‘zKFITI, O‘zLITI Neftegaz ITI va M. Lomonosov nomidagi Moskva kimyoviy texnologiya instiuti va D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetlari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatilgan.

KAFEDRADA O‘TADIGAN ILMIY KONFERENSIYALAR VA ILMIY SEMINARLAR

Kafedra har yili Respublikamiz va xorijdagi turdosh soha mutaxassislari hamda korxonalari bilan hamkorlikda turli xil ilmiy-amaliy va ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari tashkil qilib keladi.

KAFEDRANING XORIJIY OLIY O’QUV YURTLARI BILAN HAMKORLIGI

Toshkent kimyo-texnologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 aprel 2909-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Qozon milliy tadqiqotlar texnologiyasi universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyul 5121-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va magistratura va PhD dasturlari asosida ta’lim olishga yuborish bo‘yicha “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi professori Nurullayev Shavkat Payziyevich, kafedra katta o‘qituvchisi Aripdjanov Oybek Yusufjonovich kafedra assestenti Obidov Shoyunus Botirovichlar malaka oshirish uchun ketishyapti.

Kafedra assistenti Abdiraximov Mirzohid Ibroxim o‘g‘li esa “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va magistratura va PhD dasturlari asosida ta’lim olishga Xitoy Xalq Respublikasining “China University of Petroleum-Beijing” universitetiga ketyapti.

Shu bilan birga Qozon milliy tadqiqotlar texnologiyasi universiteti bilan hamkorlikda 13 nafar bitiruvchi talabalarimiz ham magistratura yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga jo‘natildi.

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

F.I.SH.

ILMIY DARAJASI VA UNVONI

  1.  

Ibodullayev Axmadjon Sobirovich

Texnika fanlari doktori, professor

  1.  

Ismatov Dilmurod Nurullayevich

Texnika fanlari doktori, professor

  1.  

Maxsumov Abduhamid Gafurovich

Kimyo fanlari doktori, professor

  1.  

Тillashayxov Muhiddin Sunnatillayevich

Kimyo fanlari nomzodi,dotsent

  1.  

Тo'rayev Tolib Bozorovich

Texnika fanlar nomzodi, dotsent

  1.  

Мirkamilov Shuxrat Miromilovich

Kimyo fanlari nomzodi,dotsent

  1.  

Igamkulova Nargisa Abduvaliyevna

Kimyo fanlari nomzodi,dotsent

  1.  

Кarimov Qo’chqor G’aniyevich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

  1.  

Badriddinova Farida Mahamadiyevna

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

  1.  

Aripdjanov Oybek Yusufjonovich

Katta o‘qituvchi

  1.  

Мengliyev Sherzod Shoimovich

Katta o‘qituvchi

  1.  

Umarova Muattar Baxtiyarovna

Katta o‘qituvchi

  1.  

Yusupova Lola Azimovna

Katta o‘qituvchi

  1.  

Absalamova Gulnoza

Katta o‘qituvchi

  1.  

Jo'rayev Vays N.

Katta o‘qituvchi

  1.  

Abdukarimova Saida A.

Katta o‘qituvchi

  1.  

Obidov Shoyunus Botir o‘g‘li

Assistent

  1.  

Ergashev Yorqinjon Tulqin o‘g‘li

Assistent

  1.  

Raximov Xusniddin Nurboboyevich.

Assistent

  1.  

Ismoilov Boburbek Maxmudjonovich

Assistent

  1.  

Urazov Firuz Baxtiyor o‘g‘li

Assistent

  1.  

Qodirov Obid

Assistent

  1.  

Shapatov Feruz Utaganovich

Assistent

  1.  

Xalimova Oygul B.

Assistent

  1.  

Xakimov F.

Assistent

  1.  

Azamatov O‘tkir

Assistent

  1.  

Durdibayeva Roza

Assistent

  1.  

Yoqubov Behzod Bahromjon o‘g‘li

Assistent

  1.  

Rajabova M.F.

Assistent

  1.  

Mirzaaxmedova Mavluda Axmedjanovna

Assistent

  1.  

Mashayev Eldor Ergashvoy o‘g‘li

Assistent