Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari - Mexanika asoslari kafedrasi

Kafedra mudiri

Shernayev Anvar Normamatovich

Texnika fanlari doktori (PhD), dotsent

Qabul kunlari: 1400-1500

Elektron adres: a_shan@bk.ru

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 5-maydagi UP-103 farmoniga binoan Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Politexnika instituti (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti)ning Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari fakultetlari asosida tashkil etildi.

Institutda “Oziq-ovqat texnologiyasi” fakulteti tarkibida “Kimyo texnologiyasining mexanika asoslari” kafedrasi tuzilib, kafedra mudiri lavozimiga 1982 yili Toshkent Politexnika instituti tarkibida “Amaliy mexanika” kafedrasini tashkil etishda amaliy faoliyat ko‘rsatib, unga asos solgan va unga mudirlik qilgan t.f.d., prof. B.A.Shipilevskiy tayinlandi.

Bunda kafedra zimmasiga kimyo va oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Amaliy mexanika” fanlarini o‘qitish, hamda sohaga mos yangi adabiyotlarni yaratish, kimyo, oziq-ovqat texnologiyasi mashina va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifalari yuklatildi.

O‘quv fanlari va mashg‘ulotlarning o‘quv soatlari hajmini e’tiborga olgan holda Toshkent Politexnika institutining “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika” va “Amaliy mexanika” kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar taklif etildilar. Jumladan, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasidan katta o‘qituvchilar M.T.Nurullaeva, G.Ya.Sodiqova, Z.T.Abdalieva, R.Axmedjanova, Ye.A.Pismannik, N.M.Sheverdina, “Nazariy mexanika” kafedrasidan t.f.n., , dos. B.A.Musaboev, “Amaliy mexanika” kafedrasidan t.f.n., dos. A.Gritsenko, t.f.n., dos. N.Z.Sultanov, t.f.n., dos. V.V.Trofimov, t.f.n., dos. A.S.Varnavskiy, t.f.n., dos. O.A.Ergashev, t.f.n., dos. E.I.Turapov, katta o‘qituvchi S.I.Nigmatullaev, ass. G‘.Z.Shamanov, injenerlar R.Abidov, R.Yuldasheva shular jumlasidandir.

Kafedra jamoasi Shayxontoxur tumani, Shayxontoxur ko‘chasi, 10-uyda joylashgan o‘quv binosi (hozirgi Islom universiteti binosi)da o‘z faoliyatini B.A.Shipilevskiy rahbarligi ostida shakllanib, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini boshladi. Laboratoriya xonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ta’lim olayotgan talabalarga “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Konstruksion materiallar texnologiyasi” va “Soha yuk ko‘tarish-tashish va pnevmotransport qurilmalari” fanlaridan saboq berildi. 1991-1992 o‘quv yilini yakunlab, B.A.Shipilevskiy Isroil davlatiga ko‘chib ketdi. Shu sababli kafedraga 1992 yilning 10 avgustidan dekabrgacha t.f.n., dos. A.T.Turapov, 1993 yildan 2001 yilning dekabr oyigacha t.f.n., dos. E.I.Turapov rahbarlik qildi.

Kafedra tarkibiga 1993 yildan assistent lavozimiga N.R.Barakaev 1996 yildan dotsent lavozimida t.f.n., dos. T.Jalolov va B.F.Raxmatovlar qabul qilindi. Islom Universiteti tashkil etilishi munosabati bilan kafedra Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 8-uyda joylashgan “Fundamental fanlar” fakulteti binosiga ko‘chib o‘tdi.

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni e’tiborga olib, o‘quv mashg‘ulotlari hajmini qayta ko‘rib chiqish va uni zamon talablariga moslashtirish maqsadida “Nazariy mexanika” va “Amaliy mexanika” fanlari birlashtirildi. Yagona fan sifatida “Amaliy mexanika” fanidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borish tizimi barpo etildi. Kafedra 2001 yildan “Mexanika asoslari va muhandislik grafikasi” nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettira boshladi.

2002-2003 yilning noyabrigacha kafedraga t.f.n., prof. S.Z.G‘ulomitdinov rahbarlik qildi. Kafedra Shayxontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 32-uyda joylashgan institut bosh binoning pastki qavatiga ko‘chirildi.

2003 yil 19 dekabrda kafedra mudiri etib, t.f.n., dos. O.A.Ergashev tayinlandi. Uning rahbarligida kafedra bosh binoning 2- korpusidagi 4- qavatga ko‘chirildi. Kafedra jamoasi bu ko‘chishlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatdi.

Kafedraga 2008 yil sentabridan Toshkent davlat Texnika universitetini muvaffaqiyatli tugatib, Toshkent Kimyo-texnologiya institutining mazkur kafedrasiga 1993 yil assistent lavozimiga ishga qabul qilinib, ilmiy va pedagogik faoliyatni birgalikda olib borgan, 2002 yil texnika fanlar nomzodi ilmiy darajasi, so‘ngra dotsent lavozimiga sazovor bo‘lgan yosh, iqtidorli xodim N.R.Barakaev rahbar etib tayinlandi.

N.R.Barakaev va jamoaning sa’y-harakati bilan shu o‘quv yilida jamoa tarkibi bir necha yosh iqtidorli o‘qituvchilar hamda O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi “Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti”ning yetakchi ilmiy xodimlari - t.f.d., prof. A.A.Rizaev va t.f.d., prof. G‘.A.Bahodirovlar bilan to‘ldirildi.

2012 yil fevral oyida kafedra assistenti A.Mamaxonov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Hozirgi kunda jamoada dos. B.A.Musaboev, A.Mo‘ydinov, M.X.Ko‘rganbekov katta o‘qituvchi M.T.Nurullaeva, katta o‘qituvchi G.Ya.Sodiqova, katta o‘qituvchi G‘.Z.Shamanov, katta o‘qituvchi E.Sh.Inog‘omov, katta o‘qituvchi A.N.Shernaev, katta o‘qituvchi Sh.V.Mo‘minov, katta o‘qituvchi A.V.Lyamin, katta o‘qituvchi R.Rustambekova va assistentlar A.A.Mamaxanov, F.X.Ibragimov, M.I.Nosirov, D.M.Berdiev, A.N.Berdiev, E.X.Ne’matov, A.M.Erkaev, M.Karimovlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘quv va laboratoriya xonalari qayta jihozlandi, ko‘rgazmali stendlar tayyorlanib, ulardan o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanib kelin moqda.

Kafedra jamoasi kafedra miqyosidagi fanlarni talabalar tomonidan chuqur o‘zlashtirishlari uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, yosh yetuk mutaxassislarni tayyorlashda fidokorona mehnat qilib, o‘quv-uslubiy, ilmiy- tadqiqot hamda murabbiylik ishlarini olib bormoqdalar.

2011-2012 o‘quv yilidan boshlab, kafedra «Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari – mexanika asoslari» nomi bilan yuritila boshladi. Kafedraga 2008 yildan buyon t.f.n., dos. N.R.Barakaev rahbarlik qilib keldi. 2012 yilning dekabr oyidan 2014 yil 15 yanvar sanasigacha katta o‘qituvchi A.N. Shernaev kafedra mudiri bo‘lib tayinlandi.

2014 yilning 15 yanvaridan 2017 yil 15 sentabr sanasigacha dotsent Safarov T.T. kafedra mudiri bo‘lib ishladi.

2014 yil 15 sentabridan xozirgi kunda ham t.f.d., dotsent Shernaev Anvar Normamatovich kafedraga boshchilik qilib kelmoqda. 

 

ILMIY YO’NALISHLAR

“MEXANIKA ASOSLARI VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” kafedrasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

 

1.      OZIQ-OVQAT SANOATI MASHINA VA JIHOZLARI;

2.      KOMPOZITSION MATERIALLAR KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI;

3.      NAZARIY MEXANIKA;

4.      MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI;

5.      YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR;

6.      BOSHQARISH NAZARIYASI.

7.      KIMYOVIY TEXNOLOGIYA.

  

Kafedrada texnika fanlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari keng miqyosda olib borilayapti. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida bir qator texnik yechimlar olinib, O‘zbekiston Respublikasi patentlari bilan asoslanmoqda. Kafedra tarkibidagi bir qator iqtidorli, yosh o‘qituvchilar mashinasozlikning muhim tarmoqlaridagi dolzarb muammolari ustida nomzodlik dissertatsiyalarini bajarmoqdalar. Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

- Oziq-ovqat sanoati mashinalari va jihozlari;

- Kimyoviy texnologiya sanoati mashina va jihozlari;

- Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi;

- Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi;

- Qayta tiklanadigan energiya manbalari va ular asosidagi qurilmalar.

 

OZIQ-OVQAT SANOATI MAShINALARI VA JIHOZLARI YO‘NALIShI BO‘YICHA:

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, oziq-ovqat mahsulotlari ichida asosiy o‘rinni egallaydigan non va non mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish kunning dolzarb masalalaridan biridir. Yuqorida keltirilgan muammolarini ijobiy xal etish maqsadida kafedra mudiri Nusratulla Rajabovich Barakaev rahbarligida kafedra a’zolari tomonidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maxalliy bug‘doy donlarni boshqa aralashmalardan to‘la tozalash hamda fraksiyalarga ajratish masalalarini ilmiy asoslash, yangi texnologik mashina konstruksiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish masalarini ko‘zda tutadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda dehqonlarning mashaqqatli mehnati evaziga 6 mln. tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilmoqda. Bu aholi ehtiyojini to‘liq qondirish va chet davlatlarga eksport qilish uchun yetarlidir. Yetishtirilgan mahalliy boshoqli ekinlar hosilini qayta ishlash uchun korxonalar, zamonaviy texnologik dastgohlar bilan jihozlangan. Respublikamizda yetishtirilgan donlardan sifatli un va un mahsulotlari ishlab chiqarilishi kerak. Lekin bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan un va un mahsulotlarini sifatli deb bo‘lmaydi. Buning sabablaridan biri - yetishtirilayotgan g‘alla navi va turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan uning fizik, mexanik va kimyoviy xossalariga hamda unboplik, texnologik xususiyatlariga va boshqa aralashmalardan to‘liq tozalanishi, fraksiyalarga ajratilishi, unga ko‘ra tegirmonning texnologik optimal ish rejimining tanlanishiga bog‘liqdir.

Donning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari, hamda unboplik, texnologik xususiyatlari unning naviga, qaerda yetishtirilayotganligiga, yerning strukturasiga, iqlim sharoitiga, suviga va agrotexnik tadbirlarga, hamda boshqa aralashmalar miqdoriga yetishtirilgan donning saqlash holatiga bog‘likdir. Hozirgi kunda respublikamizda 100 dan ortiq bug‘doy navi ekilib, ular bir vaqtda hududlar bo‘yicha omborlarda yig‘iladi va qayta ishlash korxonalariga jo‘natiladi. Turli fizik-kimyoviy, mexanik xususiyatlari, unboplik, texnologik xossalariga hamda turli miqdordagi boshqa yengil va og‘ir organik va mineral aralashmalarga ega bo‘lgan g‘allaga bir xil ish rejimida qayta ishlov berilib, un va un mahsulotlari olinganda unning sifat ko‘rsatkichlari pasayadi. Keltirilgan donning tarkibidagi boshqa aralashmalar va boshqa ekin urug‘lari, pishib yetilmagan donlar, turli ta’sirlar natijasida yedirilgan, zararlangan, singan don bo‘lakchalaridan to‘la tozalanmasa, bu hol donni qayta ishlash davrida unning sifatiga keskin ta’sir ko‘rsatib, rangining o‘zgarishiga, yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada ishlab chiqarilgan un oziq-ovqat sanoatiga yoki omuxta yem ishlab chiqarishga tavsiya etilmasligiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, korxona uskunasining asosiy mexanizmlari notekis yedirilishiga, energiya sarfining oshishiga olib keladi.

Respublikamizda yetishtirilayotgan xalqimiz uchun qadrli va qimmatli bo‘lgan dondan yuqori sifatli, raqobatbardosh un va un maxsulotlarini olish uchun dastlab donni hududlar bo‘yicha naviga mos holda yig‘ishni tashkil etish uslublari tadqiqot loyihasida tahlil etiladi.

Don omborlarida yig‘ilgan xom ashyo turli xil aralashmalar, ya’ni boshqa ekinlarning urug‘lari, tuproq, poya bo‘laklari, chang va yerdagi mayda tosh bo‘laklari, temir qoldiqlari va boshqa elementlar bilan birgalikda qabul kilinadi. Qabul qilingan bu xom ashyo elevatorlarda yig‘ilganda aralashmaning miqdori yanada oshadi.

Qayta ishlash korxonalarida donni boshqa aralashmalardan tozalashda korxonaning asosiy energiya sarfini 30% ni tashkil etadi. Shunda ham don boshqa aralashmalardan to‘liq tozalanmay, qayta ishlash uchun valsovoy dastgohlarga yuboriladi. Bu holat ham unning sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, tegirmon vallarining notekis yedirilishi va energiya sarfining oshishiga olib kelmoqda.

Mahalliy bug‘doy donlarini yengil va og‘ir organik, mineral aralashmalardan to‘liq tozalash hamda geometrik o‘lchamiga, ya’ni fizik-mexanik xususiyatlariga ko‘ra fraksiyalariga ajratish jarayoni hanuzgacha o‘z yechimini topmagan. Donni boshqa aralashmalardan fizik-kimyoviy, mexanik, aerodinamik, elektrofizik, magnitlanish tarkibiga ko‘ra to‘liq tozalash hamda fraksiyalarga ajratish uchun tavsiya etilayotgan patentlashtirilgan, kombinatsiyalangan donni tozalash va saralash mexanizmining ishga layoqatlilik prinsiplarini tahlil etish, texnologik optimal ish rejimini ishlab chiqarishga tavsiya etish sifatli un va non mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biridir.

Donning fizik-kimyoviy, mexanik xossalariga ko‘ra kombinatsiyalangan tozalash va saralash mexanizmining texnologik optimal ish rejimini tanlashda matematik model yaratish, fraksiyalarga ajratilgan mahalliy bug‘doy donlarini maydalanishi uchun sarflanadigan kuch miqdorini aniqlash hamda valsovoy dastgohlarning texnologik optimal ish rejimini bug‘doy naviga ko‘ra fraksiyalarga ajratilgan donga asosan tanlash va ishlab chiqarishga tavsiya etish, korxonalarning sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga, energiya sarfining kamayishiga va iqtisodiy samaradorligining oshishiga asos bo‘ladi.

 

mexanizmlar va Mashinalar nazariyasi yo‘nalishi bo‘yicha:

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mashinasozlikka bo‘lgan talab yuqori sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Fan va texnikaning rivojlanishi yangi mashina va mexanizmlarni loyihalash bilan chambarchas bog‘liqdir. Rivojlanish mobaynida mashinasozlikninig asosiy masalalaridan biri yuqori sifatli, ishonchli, zamonaviy, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan mashina va mexanizmlarni loyihalash va ularni hayotga tadbiq etish kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Respublika axolisini va sanoatni mo‘l-ko‘l, arzon va sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash uchun ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish talab qilinadi.

Yuqoridagi omillarga asoslangan holda, kafedra a’zolari bir qator uzatish mexanizmlari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar. Natijada mushtumchali va egiluvchan zvenoli mexanizmlarning yangi konstruksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi patenti olindi.

Kafedra katta o‘qituvchisi F.X.Ibrogimov “Arralar va qistirmalarni arrali silindr valiga yig‘ish moslamasini yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda. Paxta tozalash sanoatining asosiy dolzarb masalalaridan biri sarf harajatni kamaytirib, yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishdir. Bu sohada arrali jin silindirining bikirligi muhim axamiyat kasb etadi. Arrali silindr valning asosan chetki qismdagi arralari ko‘proq egiladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etishda arrali silindrning arralar to‘plamini ma’lum miqdordagi kuch bilan siqish tavsiya etiladi. Valning deformatsiyasini o‘lchash qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun ilmiy tadqiqot ishida arrali silindr valining bikirligini aniqlashda statistik usuldan foydalanish tavsiya etiladi.

 

QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYa MANBALARI VA ULAR ASOSIDAGI QURILMALAR yo‘nalishi bo‘yicha:

Hozirgi kunning dolzarb va global muammolaridan biri sayyoramiz bo‘ylab iqlim o‘zgarishi va atmosferani yuqori tezlikda ifloslanishi masalalaridir. Rivojlangan mamlakatlar qatorida respublikamizda qator ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Stirling sikli bo‘yicha ishlaydigan termodinamik almashtirgichlarning rivoji hozirgi kunda dolzarb muommolardan biridir. Chunki, atmosferani ifloslanishi, ekologiyaning salbiy tomonga o‘zgarishi, uglerod yoqilg‘i mahsulotlari ko‘p ishlatilishi bilan chambarchas bog‘liq. Kafedraning yosh a’zosi Murod Ilhomovich Nosirov Stirling dvigatelining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Stiriling sikli bo‘yicha ishlaydigan termodinamik almashtirgichning rivoji hozirgi kunda dolzarb muammolardan biridir, chunki atmosferaning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi, uglerodli mahsulotlarni kam sarfini ta’minlash, aniqrog‘i, chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Konstruktiv yechimlar asosida termodinamik almashtirgichlarning texnik ishlanmalarini ishlab chiqish, kamchiliklarni to‘g‘rilash, ularning umumiy quvvatini oshirish, foydali ish koeffitsentlarini ko‘tarish, qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida energiya olish mamlakat iqtisodiyotiga ko‘p jihatdan samara beradi. Xususan, Stirling sikli bo‘yicha ishlaydigan termodinamik almashtirgichning ishlash jarayoni gazsimon ishchi organining oqimiga bog‘liq ekanligi ma’lum. O‘z navbatida, bu oqimga porshen harakatining dinamik ta’siri, yuritma mexanizmining konstruksiyasi, dvigatelning umumiy vibratsiyasi ta’sir ko‘rsatib, u quyosh nuri markazlashuvining buzilishiga, resurs, samaradorlikning kamayishiga va issiqlikning yo‘qolishaga olib keladi.

Bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlari mamlakat iqtisodiy samaradorligini oshirish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni ta’minlash va uglerodli yoqilg‘ini tejash imkonini beradi.

 

KOMPOZITSION MATERIALLAR KIMYoSI VA TEXNOLOGIYaSI SOHASI BO‘YIChA:

Sanoat, umuman ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanuvchi mashinalarda iqtisodiy jihatdan samarador, arzon va mahalliy xom ashyolar asosida tayyorlanadigan detallarga, ayniqsa, vallarga tayanch vazifasini o‘tovchi sirpanish podshipniklariga talab kuchayib bormoqda. Shunga ko‘ra, ilmiy tadqiqot ishida paxta tozalash zavodlari, kimyo, oziq-ovqat hamda to‘qimachilik sanoati mashinalari ishchi organlarida foydalanish uchun antifriksion yedirilishga bardoshli, o‘z-o‘zini moylovchi modifikatsiyalangan yog‘och polimer kompozitsion material asosida sirpanish podshipniklariga material tayyorlash texnologiyasi yaratildi.

Mahalliy va ikkilamchi xom ashyolarni qo‘llab, mashinasozlikka mo‘ljallangan kompozitsion yog‘och-polimer materiallarni ishlab chiqishmavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va ilmiy izlanishlar yakuniy bosqichiga yetdi.

Ushbu material asosida tayyorlanadigan sirpanish podshipniklari metalldan tayyorlanadigan dumalash podshipniklari o‘rnini bosish bilan birga o‘ta chang sharoitlarda ham ochiq holda ishlatish mumkin bo‘ladi.

Shuning uchun yog‘och va polimerlar asosida antifriksion o‘z-o‘zini moylovchi yog‘och materiali tol va terak xom ashyosi asosida yog‘och kompozitsion materialini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

 O‘zbekiston FAning 2010 yildagi 5-sonli byulletenida dissertatsiya mavzusi e’lon qilindi.

Dissertatsiya ishi bo‘yicha Jizzax viloyatining Zarbdor va Toshkent viloyatining Bo‘ka shahridagi paxtani tozalash va qayta ishlash zavodlarida ilmiy tadqiqot ishni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

 

NOMZODLIK VA DOKTORLIK DISSERTATSIYaLARI HIMOYaSI

 

III. ILMIY-TADQIQOT IShLARI

“Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari–mexanika asoslari” kafedrasida 2016-2017 o‘quv yilida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarasini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar yanada takomillashtirildi. Ilmiy ishlarning amaliyotga tatbiqi va kafedrada o‘qitiladigan Muhandislik chizmasi va eskiz, Amaliy mexanika, Materiallar qarshiligi, Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi, Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi, kabi fanlarning o‘qitilish sifatini oshirishga dasturi amal bo‘lib, xizmat qilmoqda.

Xalqimizni sanoatni mo‘l-ko‘l, arzon va sifatli iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash uchun ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va fan-texnikaning eng so‘nggi erishgan yutuqlari asosida yaratilgan zamonaviy texnika-texnologiyalardan unumli foydalanish talab qilinadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda xozirda kafedraning  professor o‘qituvchilari tomonidan bir qator ilmiy yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda va kerakli natijalarga erishilmoqda. 

Kafedraning asosiy tarkibini yosh o‘qituvchilar tashkil etib, mutaxasislik bo‘yicha  yetakchi oliygoxlaridagi ilmiy saloxiyatga ega bo‘lgan professorlar bilan birgalikda  doktorlik dissertatsiyalari ustida tinimsiz ishlab kelmoqdalar.

Ilmiy izlanishlar natijasida bir qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Kafedrada yuqori malakali professorlar A.Rizaev, G‘.Baxodirov va I.Safarov kabi yetuk olimlar talabalarga sifatli dars mashg‘ulotlarini berish bilan birga kafedradagi yosh o‘qituvchilarga ilmiy maslaxatlarini berib kelmoqdalar. Kafedrada xozirda 4-nafar fan doktori 5 nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqdalar.

 

KAFEDRADA O’QUV USLUBIY ISHLAR, O’QITILADIGAN FANLAR

Kafedrada quyidagi fanlardan ta’lim beriladi

Fanning nomi

1

Muhandislik chizmasi va eskiz

2

Nazariy mexanika

3

Texnik mexanika

4

Amaliy mexanika

5

Materiallar qarshiligi

6

Materilshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

7

Mashina detallari

8

Mashina va mexanizmlar nazariyasi

9

Ixtisoslikka kirish

10

Soha yuk ko‘tarish, tashish mashinalari. Pnevmotransport

11

Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari

12

Oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi

13

Texnologik mashinalar va jihozlarni hisoblash,  loyihalash

14

Texnologik mashinalardan foydalanish va ta’mirlash asoslari

15

Oziq-ovqat sanoatida xom-ashyolarni tozalash, saralash va saqlash kurilmalari

 

 

KAFEDRANING USLUBIY ISHLARI

 Kafedra tashkil topgandan beri faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar “Chizma geometriya va muxandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Konstruktsion materiallar texnologiyasi”, “Soha  yuk  ko’tarish, tashish mashinalari va pnevmotransport qurilmari” fanlaridan kimyo, oziq – ovqat, hamda Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavr yo’nalishlarida tahsil  olayotgan talabalarga bilim berib kelmoqdalar.

Shu kunga qadar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 60 tadan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar va ko’rsatmalar, 12 ta o’quv qo’llanma , 3 – ta darslik, 5 ta fandan ma’ruza matni, hamda elektron versiyalar tayyorlanib, nashr etildi. 1 ta laboratoriya ishni bajarish uchun vertual stend yaratilgan va o’quv jarayoniga qo’llanilmoqda. Professor – o’qituvchilar tomonidan asos solingan ilmiy, o’quv – uslubiy majmualar,  talabalarda o’zlari tanlagan sohalari bo’yicha texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan mashina uskunalarning texnologik sxemalarini o’qishni, ularni ishonchli ishlashini ta’minlash, nazorat qilish, loyihalash va konstruktorlik ko’nikmalarini shakllantiradi, hamda tizim mashina va jixozlarining yangi liniyalarini loyixalash, hamda standart va nostandart uskuna jixozlarini tashkil etuvchi  detallarni mustaxkamlikka, chidamlilikka, bikrlikka, ustuvorlikka hisoblash,

detallar uchun material tanlashda asos bo’lib xizmat qiladi.

Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy, ilmiy – uslubiy majmualarni o’zlashtirgan talabalar quyidagi bilim va malakaviy darajaga ega bo’ladi:

–   Mashina va mexanizm detallarining chizmalarini chizish va uni  o’qish hamda fazoda, tekislikda proektsiyalash usullarini o’rganadi;

–   O’lchash asboblari va ular bilan detallarini o’lchash, o’lcham qo’yish va konstruktor hujjatlarning yagona sistemasi asosida, chizmalarning asosiy yozuvini va spetsifikatsiyasini to’ldirishni o’rganadi;

–   amaliy texnik masalalarni echishda mexanika qonunlarini tadbiq eta oladi;

–   konstruktsion materiallarning mexanik xossalarini tajriba yo’li bilan aniqlab va mashina detallari uchun material tanlay oladi;

–   mashina va mexanizmlarining konstruktsion elementlarini modellashtirish va ularda hosil bo’ladigan zo’riqish, deformatsiyalarini hisoblab, shu konstruktsiya elementini mustaxkamligini va bikrligini ta’minlash uslublarini o’rganadi;

–   mashinasozlikda ishlatiladigan mexanizmlarining strukturaviy tuzilishini taxlil etish va ularni kinematik ko’rsatkichlarini hisoblash printsiplarini biladi;

–   mashina detallarini kerakli o’lchamda tayorlash, ularni o’zaro almashtirish va mashinasozlikda standartlash asoslarini o’rganadi;

–   texnologik mashina va uskunalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarni,

–   hamda birikmalarni hisoblash va loyihalash asoslarini biladi;

–    soxa texnologik mashina va uskunalarni harakatga keltiruvchi mexanik uzatmalarni tanlash, ularni tahlil etish, xisoblash va loyihalashni o’rganadi;

–    mashina va mexanizmlarni malakali ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida  rekonstruktsiya qilish printsiplarini o’zlashtiradi.

KAFEDRANING TASHQI ILMIY VA AMALIY ALOQALARI

 Kafedramiz professor-o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqotchi xodimlari Respublikamizda sanoatni rivojlantirishda, xalq xo’jaligi uchun dolzarb bo’lgan muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining M.T.O’rozboev nomli “Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi” instituti, M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, TDTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK, TTESI, Buxoro oziq-ovqat yengil sanoat instituti,  olimlari bilan hamkorlikda bajarilmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-О‘QITUVCHILARI TARKIBI

1. Shernayev Anvar Normamatovich,  kafedra mudiri, texnika fanlari doktori(PhD), dotsent

2. Tavbaev Jumabay Saparovich, dostent, fizika va matematika fanlari nomzodi

3. Karimov Baxromali Tojimatovich, katta o’qituvchi

4. Mo’minov Shuxrat Valievich, katta o’qituvchi

5. Bеrdiеv Аmоn Nоrqulоvich, kаttа o’qituvchi

6. Shamanov Gulam Zaxidovich, katta o’qituvchi

8. Umirzaqov Rahmatillo Rahmonberdievich, katta o’qituvchi

9.Xaydarova Sharifa Kamilovna, katta o'qituvchi

10. Saidova Dildora Shasabirovna, katta o’qituvchi

11. Cho’tboev Shuxrat Daminovich, assistent

12. Karimov Mustafa Aminboevich, katta o'qituvchi

13. Muminov Xolmurot Turdikulovich,  assistent

14 Raximov Murodullo Yusupovich, Katta o'qituvchi

15. Maxmudova Shaxnoza Abduvaliyevna, Katta o'qituvchi

16.To’xtasheva Malohat Nafasovna, Dotsent t.f.d.PhD

17. Yunusov Nosirbek Serajitdinovich, Katta o'qituvchi

18.Mirzaxmedov Sherzod Dilmurodovich, assistent