Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi

Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruvkafedrasi ozining talim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy talim muassasalari va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador usullar asosida olib boradi. Bu esa oz navbatida, dunyoning yetakchi oliy talim muassasalari (OTM), ilmiy tadqiqot institutlari (ITI) va ishlab chiqarish korporasiyalari bilan uzviy munosabatda bolishini taminlaydi. Kafedrada bakalavr, magistratura, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlarida kadrlar tayyorlanadi.

Innovatsion ta’lim va fan texnologiyalari qo’llanilib va doimiy ravishda yangilanib, shuning bilan birgalikda kafedrada mavjud ilmiy yo’nalishlar muntazam rivojlantirilib kelinmoqda. Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respiblikamizdagi barcha hududlardagi zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy OTMlar bilan ham aloqalarni yo’lga qo’ygan.  

KADRLAR TAYYORLASH

Hozirgi kunda “Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasida bakalavr va magistrantlar mutaxassis sifatida tayyorlanib kelinmoqda:

5311000 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)” bakalavr ta’lim yo’nalishi;

5A311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha)” magistratura mutaxassisligi;

 

Ushbu bakalavr yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi zamon bilan hamnafas, ilg’or rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu sohani tamomlagan kadrlar matematika, fizika, elektrotexnika, dasturlash, kompyuter ilmlari kabi zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar hamda sanoatning kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz va shu kabi ko’plab boshqa sektorlarida o’z faoliyatlarini davom ettira oladilar.

Bizning talabalarimiz ishlab chiqarish jarayonlarida mavjud jarayonlarni urganish uchun eng zamonaviy sharoitlarga ega ta’lim va fan uyg’unlashgan laboratoriya xonalarida mashg’ulotlar olib boradilar. Tegishli mutaxassislik fanlaridan a’lo baholarga o’qiydigan haqiqiy iqtidorli va bilimli talabalar muntazam ravishda rag’batlantirilib boriladi.

Talabalar haftasiga 30 soatlik auditoriya mashg’ulotlariga ega bo’lib, baholash har semestrning oxirida amalga oshiriladi. O’qitish ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi. Talabalarga har bir bosqich uchun ajratilgan fanlar mavjud bo’lib, ular quyidagicha taqsimlanadi:

5311000 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)” bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun o'qitiladigan fanlar ro'yxati

1-bosqich

2-bosqich

3-bosqich

4-bosqich

Matematika,

Fizika,

Kimyo,

Chizma geometriya, Informatsion texnologiyalar, Muhandislik dasturlari,  Dasturlash asoslari, Xorijiy til,

O’zbekiston tarixi;

Fizik kimyo,

Elektrotexnika, Elektronika,

Mexanika, 

Metrologiya,

Xorijiy til,

Texnologik o’lchash asboblari,

Avtomatik boshqarish nazariyasi,

Falsafa;

Ekologiya,

Texnologik jarayon va qurilmalar, 

Raqamli boshqarish tizimlari,

Modellashtirish va optimallashtirish,

Sanoat kontrollerlari;

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish,

Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash, o’rnatish va sozlash,

Texnik vositalar,

Avtomatlashgan tizimlar diagnostikasi va ishonchliligi,

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi ;

 

5A311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha)” magistratura mutaxassisligi uchun o'qitiladigan fanlar ro'yxati

1-bosqich

2-bosqich

Tizimli tahlil va modellashtirish,

Optimal va adaptiv boshqarish tizimlari,

Texnologik jarayonlar nazariyasi,

Ilmiy yozish va taqdimot mahorati;

Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish,

Boshqarish tizimlarini loyihalash,

Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi.

 

ILMIY YO’NALISHLAR

Kafedra ta’lim va fan jarayonini samarali tashkil etish maqsadida dunyoning ilg’or Oliy ta’lim muassasalari va Ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tarmoq imkoniyatlaridan foydalanib kelmoqda. 

  • Texnologik jarayonlarni tizimli tahlil qilish;
  • Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish;
  • Intellektual boshqarish tizimlarini shakllantirish;
  • Energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • Mahalliy sharoitda avtomatlashtirishning texnik va dasturiy vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Ta’lim tizimini avtomatlashtirish uchun dasturiy vositalar.

 

Kafedrada “Avtomatika” va "Tizimli tahlil va modellashtirish" deb nomlangan to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, bu to’garaklarda asosan 2-4 kurs talabalar hamda 1-2 kurs magistrantlari bilan tegishli mavzularda ilmiy rahbarlar boshchiligida ilmiy-tadqiqotlar va laboratoriya mashg’ulotlari olib borishmoqda. Talabalar ilmiy-texnikaviy anjumanlarda bajargan tadqiqotlari bilan ishtirok etishlari va olib borilgan tadqiqot natijalari anjuman

to’plamlarida chop etilib kelinmoqda.

 

 

O'QUV VA ILMIY LABORATORIYA QURILMALARI

Suyuqlik sathi va sarfini nazorat qilish va rostlash laboratoriya stendi

Ushbu laboratoriya stendida gidrodinamik jarayonlarning sarf va sath kabi texnologik parametrlarini nazorat qilish, rostlash imkonini beradi. Laboratoriya stendida sath va sarf o’lchagichlar, klapanlar (solenoid, servo, qo’lda boshqariladigan) va boshqarish kontrolleri kabi texnik vositalar mavjud.

Laboratoriya stendida:

  1. Qo'lda boshqariladigan, servo va solenoidli klapanlarning ishlash prinsipini o'rganish;
  2. Qalqovuchli sath o'lchagich va rotametrning ishlash prinsipini o'rganish;
  3. Sarf va sathni rostlash tizimini tadqiq qilish kabi amaliy va tajriba ishlarini bajarish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Havo bosimi va sarfini nazorat qilish va rostlash laboratoriya stendi

Laboratoriya stendida havo bosimi va sarfni o'lchash, kontroller va boshqarish kompyuterida rostlash tizimi parametrlarini sozlash, signal o'zgartirgich va pnevmatik ijrochi mexanizmlardan foydalanish mumkin. 

Laboratoriya stendida:

  1. Asosiy va pnevmomanba quvuridagi havo bosimini nazorat qilish va rostlashda foydalaniladigan texnik vositalar (o'lchash asboblari, pnevmatik rostlash klapani, boshqarish kontrolleri, pnevmoelektrik signal o'zgartirgichlar) ishlash prinsipini o'rganish; 
  2. Havo sarfi va bosimini rostlash tizimini tadqiq qilish kabi amaliy va tajriba ishlarini bajarish imkoniyati mavjud.

 

 

 

 

 

 

 

 

Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslari laboratoriya stendi

Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslari labaratoriyasi stendi orqali ishlab chiqarish korxonalaridagi asosiy xarakteristikalarini, sof kechga qolish, tizimning turg’unligi tekshirish va proporsional, ikki bosqichli nazoratni amalga oshirish mumkin. 

 

 

 

 

 

 

 

Dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlar va integral sxemalar laboratoriya stendi

Mantiqiy dasturlanadigan kontrollerlari ishlab chiqarishda keng qo’llanilib, texnologik jarayonni boshqarishda asosiy vosita hisoblanadi. Simatic S7-1500 kontrollerlariga LAD, FBD, STL dasturlash tillari orqali texnologik jarayonlarni boshqarish uchun dasturlar yoziladi. Bunda elektr dvigatelni avtomatik tarzda yoqib o’chirish, muayyan texnologik jarayonni boshqarish algoritmi bo’yicha avtomatik boshqarish, texnologik parametrlarni (harorat, sarf, sath, bosim) rostlash dasturlari yozilib, shu asosida amaliy va laboratoriya ishlari bajariladi. 

Bundan tashqari ushbu laboratoriya stendida tuzilgan boshqarish, signallash elektr prinsipial sxemalarini yig’ish, uch fazali manba shitini loyihalash kabi amaliy ishlarni bajarish mumkin.  

 

 

 

ILMIY ALOQALAR VA HAMKORLIK

Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respiblikamizdagi barcha hududlardagi OTMlar, ITIlar va zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy oliy ta’lim va ilmiy  muassasalar bilan ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. 

 

Ishlab chiqarish korxonalari bilan

Xalqaro OTM va ITI lar bilan

  • “O’zkimyosanoat” AJ
  • “O’zbekneftegaz” XK
  • “O’zsharobsanoat” AJ
  • “O’zdonmahsulot” AJ
  • “O’zbekoziqovqatxolding” XK tasarrufidagi korxonalar
  • Kantabria Universiteti (Ispaniya)
  • Vena Universiteti (Avstria)
  • Myunxen Texnika Univ. (Germaniya)
  • BSUIR (Belarus)
  • Voronej Universiteti (Rossiya)
  • Tambov Davlat Texnika Universiteti (Rossiya)
  • Avtomatika institute, Shandong FA (XXR)
  • Sogang Universiteti (Korea)

 

O’QUV-USLUBIY FAOLIYAT

Kafedra tomonidan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun quyidagi fanlardan o’quv mashg’ulotlari tashkil etilgan:

  1. Ixtisoslikka kirish*
  2. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari*
  3. Dasturlash asoslari*
  4. Kimyoviy injenering uchun axborot texnologiyalar
  5. Oziq-ovqat injeneringi uchun axborot texnologiyalar
  6. Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash va modellashtirish*
  7. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish*
  8. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
  9. Avtomatik boshqarish nazariyasi*
  10. Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari*
  11. Nazoratning texnologik asboblari*
  12. Kimyo injeneringida modellashtirish
  13. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari*
  14. Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari*
  15. Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash*
  16. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish
  17. Muhandislik dasturlari*
  18. Hisoblash usullarini algoritmlash*
  19. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining strukturaviy tahlili*
  20. Texnologik jarayonlarni boshqarishda intellektual tizimlar asoslari*
  21. Avtomatlashtirish tizimlarni loyihalash, o’rnatish va sozlash*
  22. Avtomatlashgan tizimlar diagnostikasi va ishonchliligi*
  23. Sanoat kontrollerlarini dasturlash asoslari*
  24. Raqamli boshqarish tizimlari*
  25. Avtomatlashtirishning texnik vositalari*

 

Magistratura  mutaxassisliklari uchun olib boriladigan dars mashg’ulotlari:

  1. Texnologik jarayonlar nazariyasi*
  2. Xabar berish-o’lchash tizimlari*
  3. Boshqarish tizimlarini loyihalash*
  4. Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish*
  5. Ko’p pog’onali boshqarish tizimlari*
  6. Tizimli tahlil, matematik modellashtirish va yechim toppish*
  7. Optimal va adaptiv boshqarish tizimlari*

*- mutaxassislik talabalari uchun mo’ljallangan fanlar

KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI:

Norqobilov Adham Tilovovich

Kafedra mudiri, PhD 

Qabul kunlari: Seshanba 1000-1100

E-mail: adham.norkobilov@gmail.com

 

 

 

  1. Norqobilov Adham Tilovovich - texnika fanlari doktori
  2. Artikov A.A. – texnika fanlari doktori, professor
  3. Ismailov M.A.- texnika fanlari doktori , professor
  4. Yunusov I.I. – texnika fanlari nomzodi, dotsent
  5. Fayzullaev S.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  6. Boboyorov R.O. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  7. Karabaev D.T. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  8. Reypnazarova Z.D. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  9. Yunusov B.I. – texnika fanlari nomzodi
  10. Ergashev G’.J. - katta o’qituvchi
  11. O’ngboeva D.O’. - katta o’qituvchi
  12. Rasulev A.X. - katta o’qituvchi
  13. Qosimov F.O. - katta o’qituvchi
  14. Usmanov K.I. - katta o’qituvchi
  15. Islomova F.K. - katta o’qituvchi
  16. Rahmonov A.A. – katta o’qituvchi
  17. Tadjibayeva D.A. – katta o’qituvchi
  18. Jabborov A.O. – assistent
  19. Avezov T.A. – katta o’qituvchi
  20. Boborajabov B. N. – assistent
  21. Qurbonov Z.Ch. – katta o’qituvchi
  22. To'raqulov Z.S. – assistent
  23. Adinayev X.F. - assistent
  24. Rejabov S.A. - assistent
  25. Soqiyeva Q.O' - assistent
  26. Maksudova A.I - assistent