Biotexnologiya kafedrasi

“Biotexnologiya” kafedrasi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti tarkibida 2004 yildan bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 2008 yilda magistratura mutaxassisligi ochildi.

Kafedra iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali biotexnolog mutaxassislar tayyorlab berishda respublikamizdagi tayanch mutaxassislik kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra tasarrufida Biotexnologiya, Mikrobiologiya, Sanoat mikrobiologiya, Biokimyo, Amaliy algologiya laboratoriyalari mavjud.

Kafedra kimyo, biokimyo, genetika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi bo‘yicha salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. 

 “Biotexnologiya” kafedrasi o’zining ta’lim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador texnologiya asosida olib boradi. Bu esa o’z navbatida, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari (OTM), ilmiy tadqiqot institutlari (ITI) va ishlab chiqarish korporatsiyalari bilan uzviy munosabatda bo’lishini ta’minlaydi. Kafedrada bakalavr, magistratura, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlarida kadrlar tayyorlanadi.

Innovatsion ta’lim va fan texnologiyalari qo’llanilib va doimiy ravishda yangilanib, shuning bilan birgalikda kafedrada mavjud ilmiy yo’nalishlar muntazam rivojlantirilib kelinmoqda. Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respublikamizdagi barcha hududlardagi zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy OTMlar bilan ham aloqalarni yo’lga qo’ygan.

KAFEDRA MUDIRLARI FAOLIYATI

  • 2004-2012 yillarda k.f.d., professor. S.M.Toshmuhamedov rahbarlik qilgan.
  • 2013- 2015 yillarda b.f.n., dotsent. N.A.Xo‘jamshukurov rahbarlik qilgan.
  • 2016 yilda b.f.n., dotsent. G‘.U.Qobilov rahbarlik qilgan.
  • 2017-2019 yillarda t.f.d., dotsent. Sh.M.Mamatov rahbarlik qilgan.
  • 2020 yilda b.f.n.. G‘.U.Qobilov rahbarlik qilgan.
  • 2021 yildan t.f.b (Phd) dotsent. A.M.Normatov rahbarlik qilib kelmoqda.

KADRLAR TAYYORLASH

Hozirda kafedrada 5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5A320501- Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi uchun biopreparatlar ishlab chiqarish) magistratura mutaxassisligi, 2019 yildan 5310100-Energetika (bioenergetika – termik - kimyoviy jarayonlar), 5310100-Energetika (bioenergetika - fermentativ jarayonlar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda:

Ushbu bakalavr yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi zamon bilan hamnafas, ilg’or rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu sohani tamomlagan kadrlar kimyo, biokimyo, genetika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya bo‘yicha ilmlarni egallab, zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar hamda sanoatning kimyo, oziq-ovqat, bio-gaz va shu kabi ko’plab boshqa sektorlarida o’z faoliyatlarini davom ettira oladilar.  

  Bizning talabalarimiz ishlab chiqarish va ilmiy tekshirish institutlarida ishlab chiqarishdagi mikrobiologiya va biotexnologiya jarayonlarni o'rganish uchun eng zamonaviy sharoitlarga ega ta’lim va fan uyg’unlashgan laboratoriya xonalarida mashg’ulotlar olib boradilar. Tegishli mutaxassislik fanlaridan a’lo baholarga o’qiydigan haqiqiy iqtidorli va bilimli talabalar muntazam ravishda rag’batlantirilib boriladi.

Talabalar haftasiga 30 soatlik auditoriya mashg’ulotlariga ega bo’lib, baholash har semestrning oxirida amalga oshiriladi. 2020-2021 o’quv yilidan boshlab Evropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul’ tizimi asosida ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shaklida olib borilmoqda.

Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25 — 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. YA’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi.

Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada o‘qish muddati kamida 2 yil bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi.  

5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi) bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun o'qitiladigan fanlar ro'yxati

1-bosqich

2-bosqich

3-bosqich

4-bosqich

Matematika

Axborot texnologiyalari

Fizika

Xorijiy til

O‘zbek (rus) tili

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

Jismoniy tarbiya va sport

Umumiy va noorganik kimyo

Organik kimyo

Ixtisoslikka kirish

Muhandislik grafikasi

Muqobil energiya manbalari

Sitologiya

O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi

Falsafa

Organik kimyo 2

Fizik kimyo

Biokimyo

Oziq-ovqat kimyosi va tahlil

Bioenergiya asoslari

Mikrobiologiya

Biotexnologiya  asoslari

Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1

Oziq-ovqat va oziqa mahsulotlari biotexnologiyasi

Sanoat ekologiyasi

Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 2

Oqsillar tuzilishi, funksiyasi va muxandisligi

Molekulyar biologiya

Farmatsevtik biotexnologiya

Biotexnologik jarayon jihozlari

Ferment muhandisligi

Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi

Sanoat mikrobiologiyasi

Biologik faol moddalar olish texnologiyasi

Gen muhandisligi

Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilishning zamonaviy usullari

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi ;

 

5310100-Energetika (bioenergetika – termik - kimyoviy jarayonlar), 5310100-Energetika (bioenergetika - fermentativ jarayonlar) bakalavr ta’lim yo’nalishlari uchun o'qitiladigan fanlar ro'yxati

1-bosqich

2-bosqich

3-bosqich

4-bosqich

Matematika

Axborot texnologiyalari

Fizika

Xorijiy til

O‘zbek (rus) tili

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

Jismoniy tarbiya va sport

Umumiy va noorganik kimyo

Organik kimyo

Ixtisoslikka kirish

Muhandislik grafikasi

Energiya va barqarorlik

Bioenergetika asoslari

O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi

Falsafa

Organik kimyo 2

Fizik kimyo

Biokimyo

Kimyoviy kataliz

Amaliy algologiya

Biotozalash

Barqaror energiya tizimlarini modellashtirish va taxlil qilish

Texnologik jarayonlar

Mikrobiologiya

Bioresurslar

Bioenergiya ishlab chiqarish jihozlari

Sanoat ekologiyasi

YOnish va yuqori temperaturali jarayonlar

Menejment asoslari

Bioyoqilg‘i ishlab chiqarish

O‘simlik yoqilg‘ilari va ulardan energiya olish

Biogaz ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari

Muqobil energiya manbalari

Termik gazlashtirish va barqarorlik

Jarayonlarni loyihalash tamoyillari va usullari

Sanoat mikrobiologiyasi

Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi

Murakkab fermentatsiya jarayonlari

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Sanoat bioreaksiyasi muhandisligi

Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi

 

5A320501- Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi uchun biopreparatlar ishlab chiqarish) magistratura mutaxassisligi uchun o'qitiladigan fanlar ro'yxati

1-bosqich

2-bosqich

Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi

Amaliy ingliz tili

Mikrobiotexnologiya

Ekologik biotexnologiya

Muqobil energiya manbalari

Molekulyar biotexnologiya

Amaliy ingliz tili

Ekologik biotexnologiya

Biospetsifiklik asoslari

Bioreaktor va apparatlar

Biotexnologik izlanishlarning metodologik asoslari

Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi.

ILMIY YO’NALISHLAR

Kafedra ta’lim va fan jarayonini samarali tashkil etish maqsadida dunyoning ilg’or Oliy ta’lim muassasalari va Ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish uchun ekologik toza bioxavfsizlik imkoniyatlaridan foydalanib kelmoqda.  

 

  • Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish biotexnologiyasi;
  • Farmatsevtik va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi;
  • Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan biopreparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi;
  • Ekologik va muqobil energiya manbalari biotexnologiyasi kabi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O'QUV VA ILMIY LABORATORIYA QURILMALARI

Biotexnologiya, gen va hujayra muhandisligi laboratoriya stendi

Ushbu laboratoriya stendida oziq-ovqat maxsulotlaridan biologik faol moddalarni tekshirish, mikroorganizmlarni suyuq va qattiq ozuqa muhitlarda ekish, mikroorganizmlardan plzamid DNK ajratish va uni tozalash imkonini beradi. Laboratoriya stendida gel elektroforez, laminar boks, termostat, qurutgichlar, avtoklaflar, spektrofotometr, pH metr, suyuqlik xoromotografiya, sentrifugalar, PZR qurilmasi (amplifikator) kabi texnik vositalar mavjud.

Laboratoriya stendida:

  1. Polimeraza reaksiya zanjirida DNK nusxalarini ko’paytirishni o’rganish;
  2. Mikroorganizm turlarini ekish va hujayra qobig’idagi DNK (plazmida) ni ajratish va transformatsiya qilishni o'rganish;
  3. Oziq-ovqat mahsulotlaridan oqsil, uglevod, vitaminlarni gidroliz qilish orqali ajratib olishni tadqiq qilish kabi amaliy va tajriba ishlarini bajarish mumkin.

 

DNK Gel elektroforez  qilish va nukleotidlarni sonini aniqlash laboratoriya stendi

Laboratoriya stendida Ushbu uskunadan foydalanib, oqsillar molekulyar massasini aniqlash, ularni turli xil fraksiyalarga ajratish va alohida fraksiyalarni toza holda ajratib olish ishlarini amalga oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda elektroforezning gorizontal va vertikal tuzilishli shakllari kengroq ishlatiladi. Zamonaviy jihozlangan laboratoriyalarda kapilyar elektroforezlar qo’llaniladi.

Laboratoriya stendida:

  1. Elektroforezlar dan foydalanib DNK ning turli xil formalarining molekulyar oғirliklarini aniqlash va ularni ajratib olishni tashkillashtirishni  o'rganish;
  2. Elektroforezda agarozali gelda (ko’pincha, SDS, tris, NaCl ishtirokida) masalan, oqsillarni molekulyar og’irlikka nisbatan bo’lish va ajratish parchalangan oqsillarning izoelektrik nuqtasi va molekulyar og’irligiga asoslaniladi.
  3. Elektroforez uskunasida foydalanib asosan o’simlik, hayvon yoki mikroorganizmlarning metabolitik moddalarini toza holda ajratib olish mumkin, ammo miqdor jihatidan ko’proq bo’lgan massani olish imkoniyatlari cheklanganligi uchun undan asosan ilmiy tadqiqot ishlariga mo’ljallangan moddalar ajratish uchun qo’llaniladi.

Polimeraza zanjir reaksiyasi qurilmasida DNK nusxalarini ko’paytirish asoslari laboratoriya stendi

PZRdagi dastlabki qadam misolni qizdirishdir, shuning uchun er-xotin zanjirli DNK ikkita bir qatorga aylanadi - bu denaturatsiya deyiladi. Keyinchalik primerler , DNKning qiziqish oralig'i oxiriga qadar mos keladigan DNKning qisqa namunalari, namuna DNK bilan birlashtirilgan. Shundan so'ng, primer joyda DNKning replikatsiyasini boshlash uchun DNK polimeraza ishlatiladi va DNK nusxalarini ko’paytirish mumkin.

Standart PZR

Real time PZR

 

 

 

 

 

 

 

Mikroorganizmlarni ekish uchun Laminar boks va moddalarni ajratish uchun sentrifuga asbob jihozlarni ishlash  sxemalar laboratoriya stendi

Sentrifugalar asosan suyuqlikdan maqsaddagi moddalarni yoki komponentlarni cho’ktirib olish uchun qo’llaniladi. Ishlash prinsipi markazdan qochuvchi kuch hisobiga asoslanadi. Sentrifugalarning turli xil tiplari aylanish tezligiga, hajmiga, ish maxsuldorligi kabi ko’rsatkichlariga boғliq holda farqlanadi. Hozirgi vaqtda analitik ya’ni ultrasentrifugalar ham qo’llanilmoqdaki, ularning aylanish tezligi 20, 30, 60 va hattoki 200 ming martoba tezlikni tashkil etadi va shu asosida amaliy va laboratoriya ishlari bajariladi. 

 

Bundan tashqari ushbu laboratoriya stendida Laminar-boks - odatda mikrobiologik tajribalar uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari biotexnologik jarayonlarda ham keng ishlatilishi mumkin. Masalan, hujayra organoidlarini ajratish, ular ustidan turli xil manipulyasiyalarni amalga oshirish hamda ularni ekish jarayonlarida keng qo’llaniladi. Mikrobiologik laminar boks o’rniga ba’zan maxsus izolyasiyalangan xoanalar tashkil etish mumkin, ularni boks-xonalari deb ataladi. Ammo, unda kelayotgan havodan va odamning nafas olishidan chiqayotgan mikrofloradan himoyalanish cheklanganligi uchun to’liq talabga javob bermasligi bilan xarakterlanadi.

 

 

 

 

Mikrobiologik laminar boksning uchta sinfl tafavut qilinadi. Bular birinchi, ikkinchi va uchunchi darajali laminar bokslar deb nomlanib, ko’pincha ikkinchi va uchinchi darajali laminar bokslar hujayra organoidlari bilan ishlashni amaliy va laboratoriya xonalarda amalga oshirish mumkin.

 

   

 

ILMIY ALOQALAR VA HAMKORLIK

Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respublikamizdagi barcha hududlardagi OTMlar, ITIlar va zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy oliy ta’lim va ilmiy  muassasalar bilan ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. 

 

Ishlab chiqarish korxonalari bilan

Xalqaro OTM va ITI lar bilan

  • “O’zkimyosanoat” AJ
  • “O’zbekneftegaz” XK
  • “Alkogol va tamakibozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi”
  • “Uzdonmaxsulot ” AK
  • "Farmaseptika tarmog’ini rivojlsntirish agentligi
  • "Qishloq xo’jaligi vazirligi" “O’zbekoziqovqatxolding” XK tasarrufidagi korxonalar
  • Muqobil yoqilg‘i va energiya turlari korxonalari” Assotsiatsiyasi;
  • О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, akad. O.Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” instituti
  • О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, “О‘simlik moddalari kimyosi” instituti;
  • О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Mikrobiologiya instituti direktori
  • О‘zR FA, О‘zR Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi, “Paxta sanoati” AJ qoshidagi “Genomika va bioinformatika markazi”;
  • О‘zbekiston о‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti;
  • Integral University (Indya)
  • Южно-Казахста́нский госуда́рственный университе́т имени М. О. Ауэзова (Qozog’iston)
  • Grinvich Universiteti, Angliya;
  • Van-Xoll-Lorensteyn universiteti (Gollandiya);
  • Alma-ata texnologik universiteti (Qozog‘iston);
  • Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (Rossiya);
  • Poznan universiteti (Polsha);
  • Santyago de Kompostella Universiteti (Ispaniya);
  • Kimyoviy-texnologiya va metallurgiya instituti (Bolgariya)

KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI:

Kafedra mudiri: Normatov Anvar Mirzayevich

t.f.b. PhD, dotsent

Qabul kunlari: Seshanba va payshanba, 1400-1700

Elektron manzili: anvar@mail.ru

Telefon raqami: +998994851605

ORCID: 0000-0002-1996-3072

 

 

 

  1. Toshmuxamedov M.S.     Biologiya fanlari doktori, Professor.
  2. Xo’jamshukurov N.A.     Biologiya fanlari doktori, Professor.
  3. Boboyev I.D.                   Kimyo fanlari doktori, Professor.
  4. Sherimbetov S.G.            Bilologiya fanlari doktori, Professor.
  5. Sagdullayeva D.S.           Texnika fanlari doktori, Professor.
  6. Shurigin V.V.                  Bilologiya fanlari doktori, Dotsent.
  7. Qarshiyev T.O.                Bilologiya fanlari nomzodi, Dotsent.
  8. Ishimov U.J.                    Bilologiya fanlari nomzodi, Dotsent.
  9. Yuldashev Sh.U.             Kimyo fanlari nomzodi.
  10. Tashbayev Sh.A.             Bilologiya fanlari nomzodi.
  11. Ashirov O.N.                   Bilologiya fanlari nomzodi.
  12. Nurmuhamedova V.Z.    Dotsent.
  13. Mirzayeva D.A.              Katta o’qituvchi.
  14. Nazarov G’.A.                Katta o’qituvchi.
  15. Mo’minov M.Sh.            Assistent.
  16. Qosimova D.B.               Assistent.
  17. Maksumxodjayeva K.S. Assistent.
  18. Niyozov X.N.                 Assistent.
  19. Abdullayev X.O.            Assistent.
  20. Otajonov A.Sh.             Assistent.
  21. Aliyeva G.V.                 Assistent

 

1. Normatov Anvar Mirzayevich, kafedra mudiri, t.f.d.

2. Tashmuxamedov Mugrajitdin Salaxovich, k.f.d., professor

3. Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, b.f.d., dotsent

4. Sharafutdinova Nozima Pulatovna, katta o`qituvchi

5. Nurmuxamedova Vazira Zaxiritdinovna, katta o`qituvchi

6. Mirzaeva Dilobar Abduqaxxorovna, katta o`qituvchi

7. Artikova Rano Mamurxanovna, dotsent

8. Maksumova Dilrabo Kuchkorovna, dotsent