“IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR” KAFEDRASI

 

Kafedra tarixi

“Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi 1991-yilda tashkil topgan. Dastlabki kunlardan boshlab kafedraning asosiy maqsadi va vazifasi jahondagi ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida talabalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish va ma’nan yetuk kadrlarni tarbiyalashni maqsad qilib kelmoqda.

1991-1992-o‘quv yili Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi munosabati bilan institutda “Politologiya va iqtisod” kafedrasi va “Tarix va falsafa” kafedrasi tashkil qilindi. “Politologiya va iqtisod” kafedrasiga professor S.O.Otamuratov, “Tarix va falsafa” kafedrasiga dotsent X.Nasrullayev mudir qilib tayinlandi. 1993-yilning martida mazkur kafedralar birlashtirildi. Unga professor S.O.Otamuratov mudir qilib tayinlandi. Institutda talabalar soni ortib borishi munosabati bilan 1996-1997-o‘quv yili ushbu kafedradan “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedrasi tashkil qilinib, unga dotsent E.H.Qosimov mudir qilib tayinlandi. 2000-2001-o‘quv yilida esa har ikkala − “Itimoiy-siyosiy fanlar” va “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedralari bazasida “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2004-2005-o‘quv yilida “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi bilan qayta birlashtirilib, “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2018-yilda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan birlashtirilib “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga 2011-yilgacha professor S.Otamuratov, 2011-yildan hozirgi vaqtgacha professor O.Sirojov rahbarlik qilmoqda.

Kafedra tashkil qilinganidan buyon quyidagi malakali professor-o‘qituvchilar va kafedra xodimlari faoliyat olib bordilar:

Professorlar: S.O.Otamurotov, H.A.Aliqulov, A.Q.Qodirov, F.Sh.Sharipov, S.M.Mamashokirov, R.S.Samarov, V.X.Qo‘chqorov.

Dotsentlar: A.P.Sherxonov, E.H.Qosimov, S.Husanov, R.H.Omonboyeva, T.T.Alimardonov, A.P.Goryankova, E.H.Rasulov, O.O.Sirojov, H.O.Yorqulov, X.Jumaniyozov, D.A.Ismatillayeva.

Katta o‘qituvchilar: G.Sh.Bikkulov, M.Qoriyeva, N.N.Haydarova, S.H.Holiqova, R.U.Mamatqulov, D.S.Mirjavxarova, G.Sh.Siddiqova, A.B.Qilichev, A.F.Sultonov.

O‘qituvchilar: O.Abrorova, M.Yu.Aliqulov, E.Q.Ahmedov, K.Abdurazzoqova, A.Avalkulov, M.Bo‘riyev, S.Hamroyev, Sh.Murzayeva.

Kafedra xodimlari: O.T.Xamrayeva, D.M.Mirzaahmedova, G.Hamdamova, Sh.Nishonboyeva, S.U.Yarashev, G.Tosheva va boshqalar faoliyat ko‘rsatib keldilar.

Bugungi kunga kelib kafedrada professor S.O.Otamurotov, professor O.O.Sirojov, dotsent E.X.Rasulev, dotsent H.A.Yorqulov, dotsent F.U.O‘sarov, katta o‘qituvchilar: R.U.Mamatqulov, A.B.Qilichev, O.T.Nasiriddinova, o‘qituvchilar: S.M.Akbarova, F.Xaldibekova, N.Sabirova, B.Xolmatov, B.Arabov, M.Bo‘riyev, Sh.B.Murzayevalar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada: Falsafa (mantiq, axloqshunoslik, nafosatshunoslik); O‘zbekistonning eng yangi tarixi; O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fanlaridan talabalar o‘qitilib kelinmoqda.

1994-yilda kafedrada 09.00.10 – siyosat falsafasi ixtisoslik bo‘yicha aspirantura ochildi. Shu yillar davomida uni H.S.Jumaniyozova, N.Sh.Berdialiyev, O.O.Sirojov, H.O.Yorqulov, R.U.Mamatqulov, D.S.Mirjavxarova, G.Sh.Siddiqova, G.A.Alimovalar tugatdilar.

Kafedrada bugungi kunda 14 ta tadqiqotchi ilmiy ishlari ustida izlanish olib bormoqdalar.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

           Ilmiy salohiyatni rivojlantirish kafedra rahbariyatining e’tiborida jiddiy vazifa sifatida qarab kelinmoqda. Jumladan, professor S.O.Otamuratov rahbarligida “Milliy ma’naviy taraqqiyotning ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy muammolari” mavzusida keng jabhada ilmiy izlanish ishlari olib bordi. O‘tgan yillar mobaynida 4 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilindi. Jumladan, Haydarali Uzoqov “O‘zbekistonda mustaqillik uchun kurash tarixi” (1900 – 1940-yillar) 1996-yili himoya qildi va tarix fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; Jo‘raqul Baxronov “Mustaqillik sharoitida shaxsning milliy o‘zligini anglash muammolari” mavzusida 2000-yilda professor S.Otamuratov maslahatchiligida himoya qildi va siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; Rustam Samarov “Qurolli kuchlar tizimining femenizatsiyalashuvi: rivojlanishning o‘ziga xosligi va ijtimoiy mexanizm” (O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari misolida) mavzusida 2005-yilda (ilmiy maslahatchi professor S.Otamuratov) dissertatsiyasini himoya qilib falsafa fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; To‘lqin Alimardonov “Siyosat va ahloq muvozanati muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya uchun ixtisoslashgan ilmiy kengashga topshirgan. Kafedra qoshida 1994-yildan 2013-yilgacha 09.00.10 siyosat falsafasi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu yillar davomida aspiranturani 8 ta yosh mutaxassis tamomladi. Ulardan X.Jumaniyozov “Mustaqillik va milliy rivojlanishining ma’naviy – mafkuraviy salohiyatini shakllantirish muammolari”; N.Berdaliyev “Davlatning mustaqillik sharoitida milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish siyosati”; O.Sirojov “O‘zbekistonning mintaqaviy maummolarini hal etishdagi faoliyati” mavzularida dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qildilar va siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajalarini oldilar. 2018 yilda siyosiy fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildilar. A.F.Sultonov ham falsafa fanlar nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 2018 yilda “O’zbekiston ijro hokimiyatida boshqaruv madaniyati” mavzusida tadqiqot ishini yakunlab himoya qildilar. H.Yorqulov “O‘tish davri davlat siyosatida intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish muammolari” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi.

Bugungi kunda kafedrada 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 09.00.02 – ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi, 09.00.04 – ijtimoiy falsafa, 23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga o‘rinlar berilgan bo‘lib, unda E.Axmedov “Missionerlik harakatining milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidi va uning oldini olish omillari” mavzusida (ilmiy maslahatchi prof. S.Otamuratov), K.Abdurazakova “O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni” mavzusida (ilmiy maslahatchi prof. O.Sirojov), F.Amonova (ilmiy maslahatchi Sh.O‘ljayeva), S.Hamroyev “Globallashuvning milliy davlat suverenitetiga tahdidlari va ularni bartaraf etish omillari (siyosiy-falsafiy tahlil)” mavzusida (ilmiy maslahatchi prof. S.Otamuratov), B.Xolmatov (ilmiy maslahatchi prof. O.Sirojov), A.Avlakulov “Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotda namoyon bo‘lish jarayonlari” mavzusida (ilmiy maslahatchi prof. S.Otamuratov) ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Kafedra jamoasi shu yillar davomida – 400 dan ortiq monografiya, o‘quv qo‘llanma ilmiy maqola, ilmiy uslubiy qo‘llanma va maslahatlar, fanlardan ma’ruza matnlari ilmiy anjumanlarida qilingan ma’ruza tezislarini e’lon qildi.

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

Kafedrada ilmiy o‘quv-uslubiy ishlarga, jumladan, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma tuzishga, darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishga, fanlar va maxsus kurslar bo‘yicha na’munaviy o‘quv dasturlari tuzishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik, 30 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 200 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.

Kafedraning 14 nafar professor-o‘qituvchisi oxirgi yillar mobaynida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z kasbiy mahoratlarini oshirganlar.

O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

  1. Falsafa (mantiq, axloqshunoslik, nafosatshunoslik).
  2. O'zbekistonning eng yangi tarixi
  3. O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati

KAFEDRANING ILMIY VA TASHQI ALOQALARI

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, K.Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

 

  

 “Ijtimoiy siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar doktori, dotsent 

SIROJOV OYBEK OCHILOVICH

 

tel: +998998821585

E- mail: oybeksiroj@mail.ru

“Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi tarkibi

 

Familiyasi, ismi-sharifi

Lavozimi

1.

O.O.Sirojov

Kafedra mudiri, s.f.d., professor

2.

S.O.Otamuratov

f.f.d., professor

3.

H.O.Yorqulov

s.f.n., dotsent

4.

E.H.Rasulov

f.f.n., dotsent

5.

R.U.Mamatqulov

katta o‘qituvchi

6.

A.B.Qilichev

katta o‘qituvchi

7.

Sh.B.Murzayeva

o‘qituvchi

8.

M.R.Bo‘riyev

o‘qituvchi

9.

O.T.Nasriddinova

yu.f.n, katta o‘qituvchi

10.

F.U.O'sarov

t.f.n., dotsent

11.

S.M.Akbarova

o‘qituvchi

12.

B.Xolmatov

o‘qituvchi

13.

B.Arabov

o‘qituvchi

14.

Xaldibekova F.

o‘qituvchi

15.

Sabirova N.

o‘qituvchi

 

«Ijtimoiy-siyosiy fanlar» kafedrasi professor-o’qituvchilari

F.I.O.

Lavozimi

Ilmiy darajasi

Qabul kunlari

Elektron manzil

Sirojov Oybek Ochilovich

“Ijtimoiy siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, professor

Siyosiy fanlar doktori

Chorshanba 1430-1700

Juma:

1430-1700

oybeksiroj@mail.ru

Otamuratov Sadulla

professor

falsafa fanlari doktori

Chorshanba 1430-1700

 

sadulla_atamurat@mail.ru

Yorqulov Xakimbek Otaqulovich

dotsent

siyosiy fanlar nomzodi

Chorshanba 1430-1700

Juma:

1430-1700

hakimbek_o@mail.ru

Mamatqulov Rustam Ubaydullaevich

katta o’qituvchi

 

Seshanba: 1000-1200

Shanba:

1000-1200

rustammamatqulov1966@gmail.com

 

Nasiriddinova Oydin Tangrievna

katta o’qituvchi

yuridik fanlar nomzodi

Dushanba: 1000-1200

Chorshanba

1000-1200

onasiriddinova75@gmail.com

Axmedov Ergash Kuldoshevich

assistent

falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Chorshanba 1430-1700

Juma:

1430-1700

ahmedov.ergash@mail.ru

Xolmatov Lochin Nurboboevich

katta o’qituvchi

pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Dushanba: 1430-1700

Juma:

1430-1700

lochinxalmatov8@gmail.com

Xaldibekova Farida Tuychievna

o’qituvchi

 

Dushanba: 1000-1200

Chorshanba

1000-1200

xaldibekova@gmail.com

Omarova Ayna Mamutovna

katta o’qituvchi

 

Dushanba

1430-1700

Chorshanba 1430-1700

aynaomar0@gmail.com

Ergeshev Yaxyo Nig’matjonovich

katta o’qituvchi

 

Seshanba:

12 00 - 15 00

yayhoergashev@gmail.com

 

Tosheva Guzal Sherboboevna

assistent

 

Seshanba: 1000-1200

Juma:

1000-1200

ToshevaGuzal05@gmail.com

Akbarova Saodat Masudovna

assistent

 

Chorshanba

1430-1600

saodatakbarova888@gmail.com

Avlakulov Aktam Mavlonkulovich

assistent

 

aktam.avlakulov@gmail.com

 

Hamroev Sanjar Samievich

assistent

 

s.hamroyev@gmail.com

 

Meliev Qaxramon Xusanovich

assistent

 

kahramonmelijev@gmail.com

 

Usarov Faxriddin Umaralievich

katta o’qituvchi

tarix fanlari nomzodi

faxriddin1005@gmail.com

 

Arabov Baxtiyor Isomiddinovich

assistent

-

baxtiyorarabov79@gmail.com

 

Qilichev Abror Baratovich

katta o’qituvchi

 

siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

abrorbek69@mail.ru