Xudayberdiyeva Arofat Isroilovna

 

 

Kafedra mudiri:  Xudayberdiyeva Arofat Isroilovna

e-mail: Arofat.khudayberdieva@inbox.uz

Individual grafik asosida ishlash vaqti: Seshanba va payshanba  kunlari 14.00 dan 16.00 gacha

Ilmiy ishi:      “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika fanidan mustaqil ishlar strukturasi va metodikasi” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlarni olib borilmoqda.

Professor o‘qituvchining vazifasi:

1. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish,axborot bazasini yaratish,o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan,yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga quyish,o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish buyicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.

2.Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular,yo‘nalishlar va ixtisosliklar,kasb-hunar turlari bo‘yicha tugaraklar tashkil qilish,kichik korxonalarda talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

3.Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laborvtoriyalarini zamonaviy uskuna,qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish.