Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari 2018 yilning 12-26 iyun kunlari Belarus Davlat informatika va radioelektronika universitetida tanishuv amaliyotini о‘taydilar.

22.06.2018

      Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari Belarus Davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU)ning “Elektron texnika va texnologiyalar” kafedrasida tanishuv amaliyotini о‘tash bilan birga universitetning ilmiy va innovatsion faoliyati bilan tanishadilar. BDIRUda TKTI “Informatika, avtomatika va boshqaruv” kafedrasi katta о‘qituvchisi Qurbonov Zufar amaliyot rahbari etib tayinlangan. Shuni aytib o’tish kerakki, bu Z.Qurbonovning BDIRUga ilk tashrifi emas, u о‘tgan yil bahorda amaliyot o'taganida universitetda erishilgan bilim va tajribaning sifatiga yuksak baho bergandi.

Talabalarning tanishuv amaliyotini о‘tkazish fikri joriy yilning may oyida BDIRU Xalqaro aloqalar markazi rahbari Irina Letkovskaya va “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fakulteti dekani muovini Yeva Kukarlarning TKTI rahbariyati bilan ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlik rejalarini muxokama qilish uchun qilgan tashrifi vaqtida yuzaga kelgan.  

TKTI amaliyotchilarini BDIRUning “Kompyuter loyihalashtirish” fakulteti dekani Dmitriy Lixachevskiy, “Elektron texnika va texnologiyalar” kafedrasi mudiri Sergey Madveyko, assistent Oleg Visotskiy va Ta'lim dasturlari bo'limi mutaxassisi Svetlana Pronkullar kutib olishdi.

Uchrashuv davomida bu kabi kadrlar va talabalar almashinuvi universitetlararo ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni yanada mustaxkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. 

Hozirgi kunda BSUIR va TKTI o'rtasida 2 ta Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha ikki tomonlama ta'lim dasturlari muvofiqlashtirilmoqda.