Toshkent kimyo-texnologiya institutiga birinchi abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi

18.06.2018

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019 o‘quv yiliga O‘zbekiston Respublikasining oliy ta‘lim muassasalariga o’qishga qabul  qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769 sonli Qarori bilan 2018-2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasi tasdiqlandi. Prezident qaroriga ko‘ra,  2018/2019 o‘quv yilida qabul kvotalari aniq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan talab-ehtiyoj, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashuvi monitoringi asosida amalga oshirilgan. Jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 14 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 685 nafar maqsadli kvota ajratildi.

        Har yilgi Respublika Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni 15-iyundan 15-iyulgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Ramazon Hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 15-iyun dam olish kuni deb e’lon qilinganligi munosabati bilan   oily ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni 16-iyundan boshlangan.

       Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ham birinchi abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi.  

       Ushbu abituriyentdan hujjatlarni qabul qilish jarayoni institut rektori − Shuhrat Mutalovning shaxsan ishtirokida amalga oshirildi. Institut rektori tomonidan abituriyentdan hujjatlar qabul qilish jarayonida tushuntirish ishlari olib borildi. Abiturientga test sinovlaridan muvafaqqiyatli o‘tib, talaba bo‘lishdek yuksak sharafga sazovor bo‘lishida omad va muvafaqqiyatlar tilab qolindi.